Apple boş direktori Tim Kuk Amerika texnogiganti sun’iy intellekt funksiyasini iPhone smartfonlariga joriy etişga tayyorlanayotgan bir paytda Xitoyga taşrif buyurdi. Pekinga taşrifi haqida korporatsiya rahbari Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmoğidagi sahifasiga yozib qoldirdi. 

Pekin köçalari böylab xitoylik suratkaş Çen Men bilan sayr qilgan Kuk Apple smartfonining yangi modeli yordamida suratga tuşgan. Şuni viloyatidagi fermer xöjaligida u Xitoy qişloq xöjaligi universiteti va Çjetszyan universiteti talabalari bilan qişloq xöjaligi samaradorligi hamda barqarorligini oşirişga qaratilgan raqamli texnologiyalardan foydalanilişiga guvoh bölgan.

Şuningdek, u Vanfutszin tumanidagi Apple dökoniga taşrif buyurib, xodimlar va xaridorlar bilan muloqot qilgan.

«E’tiborli jihati, mazkur taşrif Apple öz smartfonlari va boşqa qurilmalariga Apple Intelligence nomli sun’iy intellekt funksiyasini qöşiş rejasini e’lon qilgan davrga töğri», — deyiladi xabarda.

Dunyodagi texnologik kompaniyalar foydalanuvçilar talabidan kelib çiqib öz mahsulotlariga SI funksiyalarini faol joriy etmoqda. Ammo Apple Xitoy bozori uçun möljallangan öz qurilmalariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etişda ayrim qiyinçiliklarga duç keldi.

XXR avgust oyida Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlari bozorlariga sun’iy intellektni joriy etişdan oldin tegişli qonunçilikni yaxşilab örganib çiqiş kerakligini ma’lum qilgnadi. Xitoy nazorat organlari joriy yilning sakkiz oyida 188 ta samarali SI xizmatlaridan foydalanişni ma’qullagan. Ammo uşbu texnologiyalarning barçasi Xitoyda joylaşgan kompaniyalar tomonidan yaratilgan.

Kuk bu borada biror rasmiy uçraşuv ötkaziş yoki ötkazmasligi hozirça noma’lum. Bu Apple boş direktorining Xitoyga ikkinçi taşrifi hisoblanadi. Mart oyida Kuk Pekinga Xitoy taraqqiyot forumida iştirok etiş uçun kelgan va amerikalik tadbirkorlar bilan birgalikda mamlakat boş vaziri Le Ketsyan bilan uçraşgan edi.