Dunyoning eng badavlat insonlari — Ilon Mask va Mukeş Ambani örtasidagi munosabat Hindistonni keng polosali aloqa sun’iy yöldoşi bilan ta’minlaş bozoridagi raqobat tufayli keskinlaşdi, deb yozadi BBC.
Ötgan hafta Hindiston hukumati sun’iy yöldoş sohasi auksion orqali emas, balki ma’muriy tartibda taqsimlanişini e’lon qildi. Oldinroq Mask Ambani tomonidan qöllab-quvvatlangan auksion modelini tanqid qilgandi.
Keng polosali sun’iy yöldoş tarmoği an’anaviy hisoblangan DSL (telefon tarmoqlaridan foydalangan holda ulaniş) yoki kabeldan farqli ravişda olis hududlarni ham internet bilan ta’minlay oladi.
ICRA reyting agentligi prognozlariga köra, 2025 yilga borib Hindistonda sun’iy yöldoş internetidan foydalanuvçilar soni 2 million kişiga yetadi. Bozor raqobatbardoş bölib, unda Ambaniga qaraşli Reliance Jio boşçiligidagi önlab «öyinçilar» mavjud.
Telekommunikatsiya sohasida yetakçilikni egallaş maqsadida efir çastotalari savodiga qaratilgan auksionlarga milliardlab dollar sarmoya kiritgan Jio kompaniyasi endilikda Lyuksemburgning yetakçi sun’iy yöldoş operatori hisoblangan SES Astra bilan şeriklik bitimini imzoladi.
Ilon Maskning sun’iy yöldoşlarni past Yer orbitasida qöllaydigan Starlink kompaniyasidan farqli ravişda SES öz qurilmalarini örta Yer orbitasiga joylaştirib keladi. Starlink hozirga qadar orbitaga 6419 ta sun’iy yöldoşni uçirgan va dunyoning 100 ta mamlakatida 4 million foydalanuvçisi bor. U 2021 yilda Hindistonda öz xizmatini taklif etmoqçi bölgandi, ammo qonunçilik normalari bunga yöl bermay kelayotgan edi.
Mutaxassislarning fikriça, agar Maskning kompaniyasi Hindiston bozoriga kirsa, bu boş vazir Narendra Modining çet el investitsiyasini jalb etiş borasidagi sa’y-harakatlariga xizmat qiladi. Öz navbatida şu orqali hukumat biznes manfaatlarini himoya qilişini ta’kidlab keladigan mamlakat imidjini mustahkamlaydi












