Rossiya Davlat Dumasi yalpi majlisda migratsiya qonunçiligiga özgartirişlar kirituvçi qator loyihalarni birinçi öqişda ma’qulladi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi.

Qayd qilinişiça, qonunlardan birida migrantlar uçun kompleks imtihonni taşkil etiş va ötkaziş böyiça huquq va majburiyatlarni uçinçi şaxslarga berişni taqiqlaş nazarda tutilgan. Rossiya qonunçiligiga köra, migrantlar rus tili, Rossiya tarixi va qonunçiligi böyiça test topşirişi şart. Migrantlarni sinovdan ötkazadigan ta’lim taşkilotlari röyxatini tuziş faqat hukumat zimmasiga yuklatilişi taklif qilinmoqda.

Noqonuniy migratsiyani taşkil etişda foydalaniladigan hujjatlarni qalbakilaştirganlik uçun yuridik şaxslarning javobgarligini nazarda tutuvçi qonun loyihasi ham birinçi öqişda qabul qilindi. Birinçi qoidabuzarlik uçun bu 5 milliondan 10 million rublgaça, takror qoidabuzarlik uçun 10 milliondan 60 million rublgaça jarima bilan jazolanadi. Hozir aybdorlar 400 mingdan 1 million rublgaça jarimaga tortilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik böyiça ham jarimalar oşirilmoqda. Jumladan, çet el fuqarosining şaxsini tasdiqlovçi hujjatni soxtalaştiriş uçun jarima 50 mingdan 100 ming rublgaça, takror qoidabuzarlik uçun - 100 mingdan 300 ming rublgaça böladi. Hozir jazo mos ravişda 30 mingdan 50 ming rublgaça va 50 ming rubldan 100 ming rublgaça.

Migratsiya sohasida noqonuniy xizmatlar körsatiş böyiça takliflar va noqonuniy migratsiyani taşkil etiş usullari e’lon qilingan saytlarni suddan taşqari bloklaş töğrisidagi qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi. Bu özgariş «Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qiliş töğrisida»gi qonunga kiritilmoqda.