Bir neça yildan buyon “Vision 2030” dasturi doirasida ulkan quriliş loyihalarini amalga oşirayotgan Saudiya Arabistoni öz iqtisodiy strategiyasini ehtiyotkorlikka urğu bergan holda qayta körib çiqmoqda, deb xabar beradi Financial Times.
Valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon e’lon qilgan “Vision 2030” mamlakatni modernizatsiya qiliş va uning neftga bölgan boğliqligini kamaytirişga qaratilgandi. Undagi asosiy loyihalar, jumladan, 65 milliard dollarlik Diriyah Gate majmuasi va boşqa “giga-loyihalar” Davlat investitsiya jamğarmasi (PIF) tomonidan moliyalaştirilmoqda.
Ammo, neftdan keladigan daromadlar pasayişi, neft qazib çiqarişning qisqarişi davlat xarajatlarini kamaytiriş va ba’zi loyihalar muddatini uzaytiriş zaruratini keltirib çiqargan.
Şu bilan birga, hukumat futbol böyiça 2027 yilgi Osiyo kubogi va 2030 yilgi World Expos körgazmalari mezbonligini saqlab qoladi. Yirik loyihalarga mablağ ajratiş davom ettirilsa-da, moliyaviy masalalarga ehtiyotkorlik bilan yondaşişga ötiladi.
Quriliş sektoridagi moliyaviy qiyinçiliklar inflyatsion bosim va ta’minot zanjirida muammolarni yuzaga keltirgan.
Neft mamlakatning asosiy daromad manbayiligiça qolarkan, hukumat yangi sanoat korxonalarini rivojlantiriş va nefsiz eksportni köpaytirişga urinyapti, ammo natijalar hamon maqsadli körsatkiçlardan pastligiça qolmoqda.












