Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boşliği Abdusamad Abdukarimov bergan ma’lumotga köra, işonç telefoni hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali majburiy mehnat va mehnat huquqlari buzilişiga oid jami 283 ta murojaat kelib tuşgan.
Qayd qilinişiça, şundan 26 tasi majburiy mehnatga jalb qilinganlik, 27 tasi munosib mehnat şaroitlari yaratilmagani, 219 tasi terim pullari öz vaqtida berilmayotgani va 1 kg qölda teriladigan paxtaning narxi töğrisidagi murojaatlardir.
Ta’kidlanişiça, mavsum davomida 350 nafardan ortiq mehnat inspektori majburiy mehnatga yöl qöymaslik hamda mehnat şaroitlari yaratilişi yuzasidan 22 mingta taşkilot, fermer xöjaligi va dalada monitoring ötkazgan.
Örganişlar davomida 37 ta murojaat qanoatlantirilgan, 200 ga yaqin murojaat böyiça terimçilar va iş beruvçilarga tuşuntiriş berilgan, 35 ta murojaat öz tasdiğini topmagan.
Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan örganiş natijalaridan kelib çiqib, 13 ta fermer xöjaligi rahbariga yozma körsatma, 5 nafar mansabdor şaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.











