Kun.uz manbasiga köra, suiqasd tungi soat 1:30 lar atrofida Komil Allamjonovning Qibray tumanidagi uyi yaqinida sodir bölgan. 
Ikki noma’lum şaxs u ötirgan maşinaga bir neça bor öq uzib, hodisa joyidan yaşiringan. Allamjonovga zarar yetmagan.

Eslatib ötamiz, Komil Allamjonov joriy yil 30 sentabr kuni Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimidan ozod etilgandi. Keyinroq u faoliyatini xususiy sektorda davom ettirişini ma’lum qilgandi.