BRICS+ formatini ham öz içiga olgan sammitga 30 dan ortiq davlat rahbarlari, qator xalqaro taşkilotlar namoyandalari keldi. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida haftaning boş geosiyosiy voqeasi haqidagi mulohazalarini bayon qiladi.
Tatariston poytaxtida ötgan BRICS sammiti atrofida “Kimlar keladi?”, “Nimalar gapiriladi?”, “Boşqa davlat rahbarlari Rossiya-Ukraina uruşi böyiça, Isroil-Falastin mojarosi böyiça, kollektiv ğarb hokimiyati böyiça nimalar deydi?” degan savollar köpçilikni qiziqtirdi, intrigalarga sabab böldi.
Qisqaça bölsa-da, BRICS tarixiga töxtalib ötsak. BRICS 2006 yilda tuzildi, boşida bu uyuşmaga bor-yöği törtta davlat a’zo edi: Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy. 2011 yilga kelib taşkilotga Janubiy Afrika Respublikasi qöşilişi oqibatida BRICS abriviaturasi paydo bölgan edi. 2000-yillarning örtalarida bu davlatlarning iqtisodiyoti hozirgiga qaraganda ança zaif edi, qolaversa, bu davlatlar kollektiv ğarbga qarşi tiraşuv holatida emas edi. Şuning uçun BRICSning eng boşlanğiç maqsadi – özaro iqtisodiy hamkorlikni kuçaytiriş, muştarak manfaatlar uçun birga loyihalar işlab çiqiş edi.
BRICS 2024 yilning yanvar oyida törtta yangi a’zo davlat hisobiga yanada kengaydi, bular: Eron Islom Respublikasi, Efiopiya, Misr, Birlaşgan Arab Amirliklari. Saudiya Arabistoni ham şu sanadan taşkilot a’zosi bölişi kutilgan bölsa-da, bu hali rasman sodir bölgani yöq. Şuningdek, BRICSga a’zo bölişga qiziqayotgan, ariza bergan va a’zolikni kutayotgan davlatlar soni ham köpayib bormoqda, bular: Malayziya, Indoneziya, Ozarbayjon, Suriya Arab Respublikasi. Qozoğiston BRICSda kuzatuvçi maqomiga ega, lekin bir neça kun oldin a’zo bölişga şoşilmasligini bildirdi. Turkiya ham BRICSga qiziqişini bildirib, Ğarb davlatlari bilan “savdolaşmoqda”: “Agar menga Yevropa Ittifoqi eşiklarini tezroq oqmasangiz, BRICSga ketib qolaman...”
BRICS – bu tölaqonli xalqaro taşkilot emas. Uning ştab kvartirasi yöq, taşkiliy tuzilmasi juda sodda, sekretariati yöq. Aslida, BRICSni klub deyiş mumkin. Iqtisodiy va geoiqtisodiy klub. Xuddi “Yettilik guruhi” (G7) kabi. BRICSning yagona doimiy işlab turuvçi taşkiloti – bu BRICS banki (Yangi taraqqiyot banki) hisoblanadi. A’zo davlatlar bankka teng uluşda pul kiritadi. Va bu pul a’zo davlatlardagi loyihalar uçun işlatiladi. Lekin, qiziği şundaki, BRICS banki keyingi ikki yilda Rossiyaga nisbatan joriy qilingan barça sanksiyalarga rioya etib kelmoqda. Ya’ni, Rossiya BRICS bankiga pul beradi, lekin ololmaydi, işlata olmaydi.
BRICSga a’zo davlatlar özaro uyuşişdan ikki yönalişdagi maqsadlarni közlaydi. Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va kabi davlatlar bu taşkilotni Ğarbning iqtisodiy va geosiyosiy gegemoniyasiga qarşi uyuşma sifatida köradi, şuning uçun bu taşkilot Ğarbga, AQŞga qarşi loyihalarni jadallaştirişi kerak deb hisoblaydi.

















