Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga bölib ötadigan saylovda 1 million 15 ming 948 nafar fuqaro muddatidan avval ovoz berdi. Bu statistik ma’lumotlarni Markaziy saylov komissiyasi (MSK) taqdim etdi.

Hududlar kesimida muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolarning eng köpi Farğona viloyatida kuzatildi – 219 ming 455 nafar saylovçi. Şuningdek, bu borada Samarqand viloyati (181925), Qaşqadaryo viloyati (153365) va Buxoro viloyati (109930) ham yetakçi böldi.

Muddatidan avval saylovda qatnaşganlarning eng kam soni Jizzax va Xorazm viloyatlarida qayd etildi – mos ravişda 6933 va 6056 nafar.

Muddatidan oldin ovoz beriş jarayoni 16 oktyabrdan 23 oktyabrgaça bölib ötdi. Unda saylov kuni öz yaşaş joyida bölmaydigan fuqarolar iştirok etdi.

Şuningdek, Özbekistonning xorijdagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida taşkil etilgan saylov uçastkalarida ham muddatidan oldin ovoz beriş taşkil etildi. Hozirça ular haqida statistik ma’lumotlar yöq.

Özbekiston parlamenti quyi palatasi va mahalliy hokimiyat organlariga navbatdagi saylov 27 oktyabr kuni bölib ötadi. Ularning natijalariga köra, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari 150 nafar, Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi deputatlari 65 nafar, şuningdek, viloyatlar, Toşkent şahar va 208 ta tuman (şahar) kengaşlari deputatlari saylanadi.