Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning aytişiça, Eronga qarşi havo hujumi aniq, kuçli va muvaffaqiyatli bölgan. «Biz Eron hujumiga javob beramiz, deb va’da qildik va şanba kuni zarba berdik. Eronga hujum aniq va kuçli edi, barça maqsadlarga erişildi», dedi u 27 oktyabr, yakşanba kuni Quddusda.

Isroil havo hujumlari Eronning 1 oktyabr kuni amalga oşirgan hujumiga javoban amalga oşirilgan, öşanda Isroilga ikki yuzga yaqin raketa uçirilgan. Ularning aksariyati Isroil havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan tutib olindi.

«Eron yuzlab ballistik raketalar bilan Isroilga hujum qildi va hujum muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Biz va’damizda turdik. Harbiy samolyotlar Eronga hujum qilib, bu mamlakatdagi mudofaa inşootlari va raketa işlab çiqarişiga zarba berdi», — dedi Netanyahu.

Isroil Eronning asosiy energiya obektlari atrofidagi HHMni yöq qildi

Isroil Erondagi muhim energiya obektlari atrofidagi havo hujumidan mudofaa tizimlarini ataylab nişonga oldi va ularga töğridan töğri zarba berişdan tiyildi. Bu haqda 26 oktyabr kuni The New York Times nomi oşkor etilmagan Eron va Isroil rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Eronning uç rasmiysi va Isroil Mudofaa vazirligining uç yuqori martabali mulozimiga köra, Isroil mudofaa kuçlari nişonlari Xuziston viloyatidagi Bandar Imom Xomayniy neft-kimyo majmuasi, Bandar Imom Xomayniy porti, Abadan neftni qayta işlaş zavodi, Ilam viloyatidagi gaz koni va boşqa havo hujumidan mudofaa obektlaridan iborat bölgan. 

Erondagi NYT manbalarining ta’kidlaşiça, Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimlarini yöq qilgani Tehronda «çuqur xavotir uyğotdi», çunki hozirda muhim energetika obektlari kelajakda yuzaga kelişi mumkin bölgan hujumlar oldida juda zaif.