Ukrainaga qarşi jangga taşlangan KXDR askarlari: ekspertlar qanday fikrda?
|01:15 / 28.10.202436 45413 min
Foto: ReutersFoto: Reuters
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga köra, 23 oktyabrga qadar KXDRning 3 ming askari Rossiyaga keltirilgan, umuman Şimoliy Koreya Ukraina bilan uruşga 12 ming askarini jönatişni rejalaştirmoqda.
Bu orada Ukraina tomoni Uzoq Şarqdagi «Sergeyevskiy» poligonida şuğullanayotgan şimoliy koreyalik askarlarning videosini e’lon qildi.
«Mediazona» naşri KXDR böyiça eskpertlar Andrey Lankov va Fyodor Tertitskiy bilan bu borada suhbatlaşdi. Ular KXDR rahbariyatining bu qarori nega kutilmagan bölgani va Şimoliy Koreya armiyasi qanday tuzilganini sözlab berişdi.
Izolyatsiyaga qaramasdan
«KXDR tarixida bunaqasi bölmagan», — deydi koreyaşunos, Seuldagi Kukmin universiteti öqituvçisi Andrey Lankov.
Şimoliy Koreya avval ham bir neça marta öz harbiylarini xorijdagi mojarolarda iştirok etiş uçun jönatgan, biroq ular kiçikroq kontingent bölgan: şimoliy koreyalik uçuvçilar 1960-yillarda Viyetnamdagi uruşda qatnaşgan, 1967 va 1973 yillardagi arab-isroil uruşlarida iştirok etişgan. Bundan taşqari, KXDR harbiylari texnika yetkazilişini kuzatib borişgan.
«KXDR har doim sezilarli qurol-yaroğ yetkazib beruvçi bölgan. Ular asosan qaşşoq xaridorlar uçun arzon tizimlarga ixtisoslaşgan, şu sabab şimoliy koreyalik harbiylar Fiji va Ruanda kabi mutlaqo ekzotik joylarda ham paydo bölişgan», — deydi Lankov.
Seuldagi Kukmin universiteti katta ilmiy xodimi, KXDR armiyasi böyiça mutaxassis Fyodor Tertitskiyning qöşimça qilişiça, ilgari KXDR xorijga askarlar emas, ofitserlar jönatganida, ular «biror zararli narsani örganib kelişi»dan çöçib, ularni şaxsan dohiyning özi yoki vorisi tasdiqlagan.
Rossiyaga askarlar jönatilişi KXDRning özi sönggi yillarda oğişmay amal qilib kelayotgan izolyatsionistik kursiga ters, deydi Lankov.
«Hozir Şimoliy Koreya maksimal izolyatsiya siyosatini yuritmoqda va men şunday degan bölardim: agar ular işçilarni çetga jönatişni çözişayotgan bölsa, harbiy xizmatçilarni jönatiş siyosiy jihatdan yanada xavfliroq tadbir, — deydi Lankov. — Şimoliy Koreya rahbariyati mamlakat aholisi undan taşqaridagi hayot bilan tanişişini umuman istamaydi. Ular azaldan şunaqa, biroq avval qandaydir yon berişlarga tayyor bölişgan bölsa, hozir butunlay yopilib olişgan. Sönggi yillarda Şimoliy Koreya öz tarixida misli körilmagan darajada yopiq davlat. Rasmiy bahona sifatida, albatta, koronavirus pandemiyasi işlatilmoqda, biroq, tabiiyki, bu sabab emas, aynan bahona».
Mavzuga oid
19 iyun kuni Vladimir Putin va Kim Çen In (Kim Jong Un) strategik hamkorlik töğrisida şartnoma imzolaşdi.
The Wall Street Journal naşri ma’lumotiga köra, bu şartnomada maxfiy punkt bölgan va u Ukrainaga minglab şimoliy koreyalik askarlarni jönatişni nazarda tutgan. Bu haqda naşrga Rossiya razvedkasining şartnoma detallaridan boxabar sobiq zobitlaridan biri sözlab bergan. Uning qöşimça qilişiça, KXDR yana qöşin jönatişda davom etadi. Zobitning sözlariga köra, ayni paytda şimoliy koreyalik harbiylar front çiziğidan xavfsiz masofada uşlab turilibdi. Ular logistika, taktika, frontning old çiziğida pilotsiz parvoz qurilmalarini işlatişga örgatilmoqda.
Rand Corp. tahliliy markazi yadroviy xavfsizlik masalalari böyiça ilmiy xodimi Benjamin R. Yangning taxmin qilişiça, KXDR hukumati holdan toydiruvçi uruşda ğalaba qozonişga örganiş va artilleriyadan samarali foydalaniş imkoniyatidan foydalanib körmoqçi. «Heç qanday öquv maşqlari va maşğulotlar harbiy harakatlarda jamğarilgan real tajriba örnini bosa olmaydi va bu Koreya yarimorolida kelgusida yuzaga kelişi mumkin bölgan mojarolarda asqatadi», — degan u.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiya KXDRga har bir odami uçun oyiga 2 ming dollardan tölab beradi.
Ekspertlar bu qaror Şimoliy Koreya rahbariyati uçun oqibatlar keltirib çiqaradi, degan umumiy fikrga kelişgan.
«Çegaradan taşqarida hamma ham, ayniqsa bu işlar ustidan kuzatuv olib borişi kerak bölganlar — harbiy politsiya va butun siyosiy tarkib qiziq ğoyalarga ega bölişi mumkin, — deydi Tertitskiy. — Ba’zan bu qiziq oqibatlar keltirib çiqarişi ham mumkin, çunki bu insonlar va ularning harbiy tayyorgarligi dohiyni öldirişdek jangovar vazifa uçun ham juda mos keladi. Dohiyning tansoqçilari hisobga olinmasa, ular binoni şturm qilib, tansoqçilarning qarşiligini sindirib, semizlikning oğir darajasi bilan oğrigan birgina insonni yöq qiliş uçun hammadan ham munosib nomzodlar».
Lankov esa askarlar frontdan qaytgaç, harbiy davlat töntarişi yuz berişi mumkinligiga işonmaydi: «Men, töğrisi, bu ssenariyga köp ham işonmayman, biroq bunday bölişining ehtimoli öta past darajadan past darajaga kötariladi. Şimoliy Koreya elitasi özaro jangga kirişişdan manfaatdor emas. Ularda yöl yöq. Şimoliy Koreya ekzistensial tahdidga duç keladigan, ya’ni mamlakatning mavjudligi savol ostida qoladigan dunyoning kam sonli davlatlaridan biri hisoblanadi. Agar tizim qulasa, u öz vayronalari ostida ayni paytdagi şimoliy koreyalik hukmron qatlamni bosib qoladi. Men Kimlar oilasi haqida emas, yuz minglab odamlar haqida gapiryapman. Bu odamlar ham u yoki bu daraja buni tuşinişadi va keskin harakatlar qilişdan tiyilişadi. Lekin dunyo körib kelgan zobitlar korpusi hokimiyatga nisbatan tanqidiyroq munosabatda bölişi ham bor gap».
Risklarga qaramasdan KXDR hukumati nega bunday qadam bosgani hozirça tuşunarsiz. «Menimça, Şimoliy Koreya rahbariyati birinçidan bu orqali katta pulga ega bölişni maqsad qilgan, ikkinçidan, qandaydir oliş qiyin bölgan muhim harbiy texnologiyani qölga kiritişdan umidvor, çunki Rossiya bunday texnologiyalarni bekordan bekorga bermaydi», — deya taxmin qiladi Lankov.
Şimoliy Koreya rahbariyati «butun dunyoni potensial duşman deb qabul qiladi», şu sabab harbiy texnologiyalar ularga har doim zarur. Ular hozir «zaruriyat tuğilganida istalgan davlatga zarba bera oliş uçun» qit’alararo ballistik raketasini işlab çiqib, qurollanişga qabul qilişni közlamoqda.
Xudkuşlar otryadi
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiyaga KXDRning 11-armiya korpusi harbiylari jönatilgan. «Bu avval yengil piyodalar deb atalgan, keyinroq maxsus operatsiyalar kuçlari deb nomlangan. Ya’ni, kolxozlarga yordam beruvçi va böş vaqtlarida dohiyning asarlarini örganuvçi oddiy piyodalarga taqqoslanganda bular maxsus askarlar va şturmçilar», — deydi Tertitskiy.
Uning sözlariga köra, Şimoliy Koreya armiyasi juda eskirgan va «XIX asrning klassik armiyasi va sovuq uruş davri armiyasi omixtasiga öxşaydi». KXDR armiyasida hanuz siyosiy rahbar (politruk)lar instituti saqlanib qolgan, ular qömondonlarning buyruqlarini tasdiqlab berişi kerak.
«Siyosiy rahbar — bu qandaydir masalalarda qömondonga tenglaştirilgan şaxs. Şartli qilib aytganda, qömondon «Rota, manavi joyga otlan», deb buyruq bersa, askar «Örtoq, siyosiy rahbar, siz bu buyruqni tasdiqlaysizmi?» deb söraşi kerak. Agar siyosiy rahbar tasdiqlamasa heç qanaqa siljiş bölmaydi», — deb tuşuntiradi ekspert.
Ba’zi masalalarda harbiy politsiya vakili, kadrlar bölimi boşliği va qömondonning ort çiziq böyiça örinbosarining ma’qullovi ham kerak böladi. Jangovar şaroitlarda bu qanday işlaşi mutlaqo tuşunarsiz. Samarali jang qiliş uçun şimoliy koreyaliklar bu tizimni özgartirişi kerak böladi. «Bu ayyorliklarning barçasi davlat töntarişining oldini oliş uçun qilingan», — deydi Tertitskiy.
Şuningdek, frontda paydo bölgan şimoliy koreyaliklar rossiyalik harbiylar bilan buyruqlar zanjirini qanday örnatişi ham tuşunarsiz — eng avvalo ular til tösiğiga duç kelişadi. Tertitskiyning sözlariga köra, Şimoliy Koreya armiyasidagi kam sonli ofitserlar ingliz tilini bilişi mumkin, «rus tili ikkinçi örinda, lekin uni özlaştiriş juda ortda qolgan».
KXDRdagi muddatli xizmat nima?
Tertitskiy şimoliy koreyalik yigitning tipik yölini tasvirlab berdi: 16 yoşida u harbiy hisobga qöyiladi, ikki yildan söng agar universitetga kira olmasa, uni armiyaga çaqirişadi. Mamlakatda aholining faqat 10 foizi oliy ma’lumot olişi mumkin.
Çaqiruv bilan armiyada xizmat yetti-sakkiz yil davom etadi. Dastlabki ikki-uç oyda Rossiya armiyasidagidek, çaqiriluvçi öquv qismida tayyorgarlikdan ötadi, yoş askar kursini ötaganidan söng uni doimiy xizmat manziliga jönatişadi. Unda «kundalik taşvişlar» boşladi: askarlar birga yaşaşadi, doim «maşğulotlar va mafkuraviy darslar»da qatnaşişadi, şuningdek, harbiy matbuot bilan tanişişlari mumkin. Ularni uylariga qöyib yuborişmaydi, ota-onalari bilan deyarli körişişmaydi.
Xizmatning uçinçi yilida xizmat qilayotgan askarga fuqarolik hayotiga qaytiş — universitetga hujjat topşiriş yoki zobitlik unvonini qölga kiritib, professional harbiy böliş uçun harbiy öquv yurtiga yöl oliş imkoniyati taqdim etiladi. Biroq, askarlarning köpçiligi xizmat qilişda davom etişadi va oradan tört yil ötgaç, «fuqarolik hayotiga mutlaqo tayyor bölmagan holda» demobilizatsiya qilinadi.
Ekspertlar fikriça, hokimiyat harbiylarga Rossiyaga borib uruşişni sörab, tuşuntirib ham ötirmagan. «Harbiy kişining işi — siyosiy rahbariyat buyurgan joyga borib jangga kirişiş, — deydi Lankov. — Bu şunçaki harbiy xizmatning bir qismi. Şu sababli, bu yerda vaziyat juda oddiy. Harbiylar qayerdadir jang olib borişga buyruq olişgan va yöla tuşişgan. Bu uruş nega bölayotgani, qanday siyosiy sabablar tufayli yuzaga kelgani ularni aslo taşvişlantirmaydi, şuning uçun ularning pozitsiyasi mutlaqo yagona: bunday masalalarni siyosiy rahbariyat hal qilişi kerak».
Lankovning aytişiça, KXDR armiyasining reputatsiyasi yaxşi, lekin uni faqat jangovar şaroitda sinab köriş mumkin bölgan. «Şimoliy Koreya armiyasi 70 yildan buyon çinakamiga uruşib körgani yöq, — deydi u. —Kiçik, mikroskopik guruhlarning töqnaşuvlari hisob emas. Şuning uçun har qanday syurprizni kutsa böladi. Ular özlarini 300 spartalik oldlarida ip eşolmay qoladigan jangçilar sifatida namoyon qilişi ham mumkin, aksinça, birinçi portlaş ovozidan qoçib ketişlari ham mumkin».
Şimoliy Koreya armiyasida asirga tuşib qoliş xavfi yuzaga kelganda, ular özlarini öldirişi kerakligi askarlarning quloğiga quyiladi. Lankovning sözlariga köra, Janubiy Koreya va Yaponiyada kiçik miqyosli operatsiyalar ötkazgan şimoliy koreyalik razvedka guruhlari «asirga tuşişdan köra özini öldirişni ma’qul körişgan», biroq «yirik kontingentlar uçun mutlaqo boşqa vaziyat yuzaga kelişi mumkin».
Közni qamaştiruvçi boy Rossiya
Şimoliy koreyaliklarda Rossiya obrazi «ança közni qamaştiruvçi», deydi Tertitskiy. Lankov ham buni tasdiqlaydi: KXDR aholisi Rossiyani «közni qamaştiradigan darajada boy, juda erkin, qiziq madaniyatga ega va nisbatan döstona davlat» deb bilişadi. Şimoliy koreyaliklar uçun erkinlik bu — «prezident haqida latifalar aytiş imkoniyati, gubernatorni hattoki gazetada sökiş, heç qanday ruxsatnomasiz mamlakatning istalgan nuqtasiga bora oliş, bolasi bilan Misrning arzon kurortlarida dam olib kela oliş, Şimoliy Koreyada taqiqlangan kitoblarni öqiy oliş va internet titkilaş», — deb sanaydi u.
Hozir KXDRning rasmiy ommaviy axborot vositalari Ukraina bilan uruş haqida Russia Today bilan bir xil mazmundagi lavhalar uzatmoqda, deydi Tertitskiy. Ötgan yozgaça içki auditoriyaga möljallangan OAV umuman bosqin haqida yozmagan. Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri Sergey Şoygu KXDRga kelib ketganidan söng vaziyat özgargan.
«Hozir esa Ukrainaning ayni paytdagi hukumati AQŞning qöğirçoği ekani, Rossiya esa Kiyevdagi amerikaparast agressiv rejimdan himoyalaniş uçun hamda ukrain xalqini öşa amerikaparast reaksion rejimdan qutqariş uçun uruş olib borayotgani haqida sözlanmoqda, — deydi Lankov. — Bu rasmiy liniya. Unga aholi neçoğlik işonayotganini aytiş qiyin. Menimça, çippa-çin işonmoqda, çunki köpçilikda boşqa muqobil axborot manbasining özi yöq».