Apple Mac Mini’ni ilk bor 2005 yilda taqdim etgandi. Öşa paytda qurilma yangi foydalanuvçilarni jalb qilişi kerak bölgan hamyonbop va ixçam stol kompyuteri sifatida taniştirilgan. Mac Mini “ortiqça jihozlarsiz kompyuter” tarzida e’lon qilingan.

Mac Mini bir neça marta yangilangan bölsa-da, Apple Silicon texnologiyasiga ötgandan keyingina çinakam quvvatga ega böldi. Apple özining maxsus çiplaridan foydalanib, yuqori unumdorlik va energiya samaradorligiga erişdi. Bu esa Mini’ni ham uyda foydalaniş, ham professional iş uçun mukammal yeçimga aylantirdi. Endi Mac Mini keyingi bosqiçga tayyorlanmoqda: avvalgi modellardan tubdan farq qiladigan yangi dizayn işlab çiqilmoqda.

Ixçam korpusda kuçli quvvat

Yangi Mac Mini M4 protsessori bilan jihozlanişi va hajmi kiçraytirilişi kutilmoqda. Insayderlarning ma’lumotlariga köra, qurilmaning ölçamlari Apple TV ölçamlariga yaqin böladi, bu esa uni hozirgi kunda Apple ning eng ixçam kompyuteriga aylantiradi. Bunday kiçik ölçamga erişiş imkoni Apple Silicon çiplarining yuqori energiya samaradorligi va ixçamligi tufayli realga aylandi.

Qurilmada beşta USB-C porti böladi, ularning ikkitasi old qismida joylaşadi, bu Mac Mini’ni taşqi qurilmalarga ulaşda yanada qulayroq qiladi. HDMI ham jihozning bir qismi bölib qoladi. Biroq an’anaviy USB-A portlari örnatilmasligi mumkin, bu Apple’ning zamonaviylaşuv siyosatini körsatadi.

Yangi Mac Mini nega bu qadar kutilmoqda?

Mac Mini’ning yangi modeli, ayniqsa, ixçamlik, yuqori unumdorlik va qurilmalarga oson ulanişni qadrlaydigan foydalanuvçilar uçun juda qiziqarli böladi. Mini’da qati’y örnatilgan displey yöqligi sababli foydalanuvçilar öz didiga köra istalgan monitorni tanlaşi mumkin. Bu esa, muayyan ekranga örganib qolganlar uçun Mini’ni ideal yeçimga aylantiradi.

Mini macOS Sequoia tizimida işlaydi. U tizimning barça yangi imkoniyatlarini, jumladan, iPhone bilan sinxronlaştirişni va oynalarni boşqarişning takomillaştirilgan usullarini öz içiga oladi. Bularning barçasi Apple’ning Mac Mini’ni şunçaki iş quroli emas, balki uy va ofis uçun köp funksiyali va qudratli qurilmaga aylantiriş istagini namoyiş qiladi.

Mac Studio bilan raqobat

Barça yangi xususiyatlariga qaramay, yangi Mac Mini özidan kuçliroq Mac Studiöning örnini egallamasligi aytilmoqda. U hamon maksimal quvvat va CD-karta sloti hamda yuqori tezlikdagi Ethernet kabi kengaytirilgan funksiyalarga ehtiyoj sezadigan mutaxassislar uçun ustuvor tanlov bölib qolmoqda. Yangi model studiya versiyasiga jiddiy raqobat tuğdirişi va ham arzon, ham kuçli iş stoliga aylanişi ehtimoldan yiroq.