Filadelfiya okrug prokurori Larri Krasner tadbirkor Ilon Maskka qarşi sudga fuqarolik da’vosini kiritdi. U milliarderdan Pensilvaniyada pul tikib, saylovçilar örtasida ötkazayotgan öyinni töxtatiş talabi qilmoqda.
20 oktyabr kuni Mask prezidentlik saylovlariga qadar har kuni AQŞ Konstitutsiyasining birinçi va ikkinçi tuzatişi himoyasiga qaratilgan petitsiyani imzolagan Pensilvaniyadagi saylovçilarga 1 million dollardan tölaşga va’da berdi. Bu Mask tomonidan asos solingan, Trampni qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanuvçi America PAC qömitasi saytida e’lon qilindi.
Krasner pul öynalişini «noqonuniy lotereya sxemasi» deb atadi. «America PAC qömitasi va Mask fuqarolarni özlarining şaxsiy ma’lumotlaridan voz keçişga undab, ularga million dollar yutib oliş evaziga siyosiy va’da bermoqda. Bu — lotereya. Va bu şubhasiz, noqonuniy lotereya», — deyiladi da’voda. Filadelfiya prokurorining qayd etişiça, Pensilvaniya qonunlari böyiça lotereya faqat ştat tomonidan ötkazilişi kerak.
Da’voda ta’kidlanişiça, Mask ğoliblar tasodifan tanlanayotganini aytsayotgan bölsada, bir neçta ğolib — Trampning Pensilvaniyadagi mitinglari iştirokçilaridir. Krasnerning fikriça, Maskning lotereya qoidasi saylovçilarni çalğitmoqda.
Mask million dollar yutib oliş imkoniyati evaziga imzo çekişni sörayotgan petitsiya AQŞ Konstitutsiyasining söz erkinligi va qurol olib yuriş huquqini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Mask Pensilvaniya saylovçilari örtasida har kuni ğoliblar e’lon qilinişi aytganidan keyin, Adliya vazirligi pulni bu usulda tarqatiş saylovçilarni rağbatlantirişni taqiqlaydigan federal qonunlarni buziş ekanidan ogohlantirgan edi.
AQŞda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bölib ötadi. Pensilvaniya — Donald Tramp hamda uning raqibi Kamala Harris uçun muhim ştatlardan biri hisoblanadi.












