Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi ishga tushirildi
Sanitariya-epidemiologiya sohasining bir nechta yo‘nalishlarida elektron raqamlashtirish tizimi tashkil etildi.

Foto: Getty Images
Sanitariya-epidemiologiya sohasida Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi (YKEM) ishga tushirildi, bu aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida yuqumli kasalliklarning epidemiologik nazoratini raqamlashtirish orqali takomillashtirish imkonini beradi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, an’anaviy axborot almashinish tizimi orqali ma’lumotlarni yig‘ilishi, qayta ishlanishi va javob choralarining joylarga ko‘rsatma orqali yetkazilishi 12 soatdan 48 soatgacha vaqtni egallaydi. Yuqumli kasallikka chalingan bemor bu vaqt ichida kamida 2-3 nafar sog‘lom odam bilan muloqot qiladi, oqibatda ushbu sog‘lom shaxslarni kasallikning yashirin davri muddati davomida tibbiy nazoratga olish va karantin choralarini belgilashga zarurat tug‘iladi. Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi axborotni tezkor va sifatli yetkazilishini ta’minlaydi, bu esa yuqumli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tarqalib ketishini oldini olishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Sanepidqo‘mitaning vaksina saqlash omborlari va tibbiyot muassasalari o‘rtasida vaksinalar logistikasini boshqarish tizimi ta’minlanishi, xarid qilish, tarqatish va qayta taqsimlashning soddalashtirilgan tartibi ya’ni «Elektron vaksina logistikasini boshqarish tizimi» ham ishga tushirildi. Bunda vaksinalarni viloyatlarga yuborish, viloyatlardan tumanlarga, tumanlardan esa davolash-profilaktika muassasalariga vaksinalarni sifatli va sovuqlik zanjiriga rioya qilgan holda yetkazilishini kuzatishga imkon beradi.
Ta’kidlanishicha, yangi elektron raqamlash tizimining joriy etilishi natijasida inson omili tufayli yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni bartaraf etish, tahlil qilish evaziga tezkor qarshi choralar ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi
Jahon | 17:31
-
Chilonzor tumani hokimligida 8 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
Jamiyat | 17:13
-
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:07
-
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

12:38 / 12.02.2025
“Umra va Haj ziyoratchilaridan meningitga emlanish sertifikati talab qilish bekor qilinmagan” – Sanepidqo‘mita

12:35 / 07.02.2025