Apple M4 çipiga ega yangi iMac kompyuterini taqdim qildi. Asosiy yangiliklar - nano-teksturali displey, 12 megapikselli Center Stage kamerasi va Thunderbolt 4 portlari.

M4 çipi tufayli iMac ilovalarni oçiş va Safari bilan işlaş kabi kundalik vazifalarni bajarişda 1,7 barobar tezroq ekani ta’kidlanmoqda. Yanada oğirroq yuklamalarda, jumladan, fotosuratlarni qayta işlaşda tezlik 2,1 baravar oşgan. Video öyinlar yangi grafik protsessor tufayli sezilarli darajada silliq işlaydi va M4 çipidagi Neural Engine endi uç baravar tezroq bölib, sun’iy intellekt ilovalari unumdorligini sezilarli darajada oşiradi. Qurilma 16 Gb tezkor xotira bilan ta’minlanadi, uni 32 Gb gaça kengaytiriş mumkin.

Yangilangan 12 megapikselli Desk View funksiyasiga ega Center Stage kamerasi videoqönğiroqlar uçun optimallaştirilgan: u foydalanuvçini ekranning markazida uşlab turgan holda ramkani avtomatik ravişda tekislaydi va bir vaqtning özida stolda nima borligini körsatiş imkonini beradi. Ovoz tizimi uçta mikrofon va hajmli ovozni yaratadigan oltita dinamikdan iborat.

Barça iMac kompyuterlari rangiga mos aksessuarlar – Magic Keyboard klaviaturasi va Magic Mouse siçqonçasi bilan ta’minlangan. Ba’zi opsiyalarda Magic Trackpad ham bor. Ularning har biri USB-C ulagiçiga ega.

Yangi mahsulotning barça törtta USB-C porti Thunderbolt 4 ni qöllab-quvvatlaydi, bu bir vaqtning özida yuqori tezlikdagi drayverlarni va ikkita 6K monitorni ulaş imkonini beradi. iMac şuningdek, Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.3 modullari bilan jihozlangan va Touch ID ga ega.

Qurilma yettita rangda mavjud - yaşil, sariq, töq sariq, puşti, binafşa, kök va kumuş.

Asosiy model narxi 1299 dollardan boşlanadi, 10 yadroli protsessorga ega yangilangan versiya esa 1499 dollar turadi. Kompyuterlarga 28 oktyabrdan boşlab oldindan buyurtma beriş mumkin, sotuvlar 8 noyabrdan boşlanadi.