Özbekistonda bu il kuz faslining oxirgi oyi issiq va asosan quruq ob-havo bilan boşlanadi, keyingi haftalarda havo harorati keskin özgarib turadi. «Özgidromet» matbuot xizmati noyabr oyida kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Iqlim ma’lumotlariga köra, noyabr oyida örtaça havo harorati oktyabr oyiga nisbatan 6–7 darajaga, şimolda va çöl hududlarda 8–9 darajaga past böladi. Oyning birinçi yarmida örtaça köp yillik kunduzgi harorat +15…+20 darajani (ba’zan +22…+27 darajagaça), oyning ikkinçi yarmida esa +10…+15 daraja iliq böladi.
Noyabrda yoğingarçilik (yomğir, ba’zi joylarda yomğir qisqa muddatga qorga aylanadi) oktyabr oyiga nisbatan tez-tez kuzatiladi, ular davomiy va jadal böladi. Toğli hududlarda birinçi qor qoplami şakllanadi. Pastki qatlamlarda qor qoplami beqaror böladi, 2000 metrdan yuqori bölgan balandliklarda esa qor qoplamining balandligi oy oxiriga 25–40 santimetrga yetadi.
1–3 noyabr kunlari respublikada asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 2 noyabrda Toşkent viloyatining ayrim joylarida keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati asta-sekin kötariladi. 3 noyabrga kelib, kunduzi havo +20…+25 daraja iliqqaça isiydi.
4 noyabrdan Özbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelişi boşlanadi, yomğir yoğadi. Kunduzgi havo harorati Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida +10…+15 darajagaça pasayadi, respublikaning qolgan hududlarida esa iliq ob-havo saqlanib turadi.
5 noyabrdan nam va sovuq havo massalari barça hududlarga tarqaladi.
Sovuq harorat fonida 5–8 noyabr kunlari respublikaning barça viloyatlarida, 9–10 noyabrda şarqiy hududlarda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi (toğlarda yomğir qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuçli böladi. Havo harorati asta-sekin pasayadi va birinçi ön kunlik oxiriga kelib, harorat keçalari +3…+8, kunduz kunlari +7…+12 darajani taşkil etadi.
Noyabr oyining ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida harorat keçalari +3…+8 darajadan –5…0 darajagaça soviydi, kunduz kunlari +10…+15 darajadan +3…+8 darajagaça özgarib turişi kutilmoqda. Iliq ob-havo davrlari harorat kunduzi +17…+20 iliqqaça kötarilganda kuzatiladi. Ikkinçi va uçinçi ön kunliklarning ayrim kunlarida asosan yomğir körinişidagi yoğingarçilik bölişi kutilmoqda.












