Respublikaçilar partiyasining AQŞ prezidentligiga nomzodi Donald Tramp Arizonadagi Glendeyl şahridagi stadionda teleboşlovçi Taker Karlsonga intervyu berdi va uni Rossiyaning dösti deydiganlarni «xasta» deb atadi.

«Ular [demokratlar] men Rossiyaning dösti bölganim, men Rossiyaga işlaganim, men Rossiyaga josuslik qilganim haqida gapirişni yoqtirişadi. Bu odamlar xasta», — degan  Tramp.

U Rossiyaning eng yirik loyihasi butun Yevropa orqali Germaniyaga ötkazilgan «Şimoliy oqim — 2» gaz quvuri bölganini aytadi. «Men uni yakson etdim. Buni heç kim qilmagandi, men esa qildim. men uni töxtatdim. <…> Şundan keyin esa men Rossiyaning qöğirçoği bölganim haqidagi ertakni öqişda davom etaman», — degan Tramp.

Uning sözlariga köra, uning Rossiya bilan aloqasi haqidagi gapni demokratlar 2016 yilda, u saylovda Hillari Klintonni yengganida öylab topişgan, şundan keyin esa göyoki Amerika naşrlari bu ma’lumotni ilib olgan.

Bundan taşqari, respublikaçilar nomzodi Xitoy va Rossiyani «ajratiş»ni özining vazifasi sifatida keltirgan. «Bayden ularni birlaştirgan. Bu şarmandalik. Men ularni ajratişimga töğri keladi. Öylaymanki, buni uddalay olaman», — deb hisoblaydi u.

Tramp öz prezidentligi davrida bir neça bor Germaniyani «Şimoliy oqim — 2» qurilişi bilan şuğullangani uçun tanqid qilgan, şuningdek, Moskva bilan oldingi munosabatlarni tiklaşga qarşi çiqqandi. Jumladan, quriliş işlarida iştirok etgan nemis kompaniyalariga qarşi sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qilgandi.

  • AQŞdagi prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bölib ötadi. Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida bir neça bor Rossiya hamda Vladimir Putin bilan munosabatlarini tilga oldi. U Putinga Ukrainaga hujum qiladigan bölsa, Moskva böylab zarba beriş bilan tahdid qilganini eslatgan, şuningdek, köp marta agar prezident u bölganida, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşga yöl qöymagan bölişini takrorlagan. Şuningdek, prezidentlikka saylansa, lavozimiga rasman kirişişdan oldinroq Rossiya-Ukraina uruşiga barham berişini bildirgan.
  • 2022 yil kuzida Boltiq dengizidagi «Şimoliy oqim — 1» va «Şimoliy oqim — 2» gaz quvurlarida portlaşlar röy berib, jami tört tarmoqdan uçtasi şikastlangan. Şu tariqa, gaz quvuri amalda butunlay işdan çiqqan. Ğarb naşrlari tergov ma’lumotlariga tayanib, gaz quvurini portlatiş böyiça amaliyot 2022 yil mayida ukrainalik zobitlar guruhi tomonidan öylab topilganini xabar qilgan. Avvaliga rejani şaxsan Volodimir Zelenskiy ma’qullagan, ammo Markaziy razvedka boşqarmasi bundan xabar topib, amaliyotni ötkazişni bekor qilişni söragan. Ammo u baribir amalga oşirilgan. Portlaşni amalga oşirişda Ukraina fuqarolari gumonlangan.