Yevrokomissiya Euroclear depozitariysiga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan G7'ning Ukrainaga kreditini Moskvaning ehtimoliy javobidan himoya qiliş uçun foydalanişiga ruxsat beriş imkoniyatini örganmoqda. Bu haqda 31 oktyabr, payşanba kuni Politico naşri ism-şariflari oşkor etilmagan uç amaldorga tayanib xabar berdi.
Ularning sözlariga köra, bu taşabbus Moskva Ukrainada boşlagan uruş tufayli joriy etilgan sanksiyalar natijasida muzlatilgan Rossiya aktivlarini saqlaydigan Euroclear'dagi ehtimoliy yöqotişlarni qoplaş uçun oxirgi çora sifatida körilmoqda. Uşbu çora tarafdorlarining ta’kidlaşiça, u ilgari tasdiqlangan köp tomonlama sxemani «mustahkamlaydi», ya’ni muzlatilgan Rossiya aktivlaridagi 200 milliard yevroga yaqin mablağni Ukrainaga berilgan 45 milliard yevrolik kreditni qaytariş uçun işlatişni nazarda tutadi.
Siluanov: RF muzlatilgan aktivlardan foydalaniş böyiça Ğarbga javob qaytarişga tayyor
Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Yevropa davlatlarida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromadlardan foydalaniş borasida Ğarbga bir xil javob qaytarilişiga va’da berdi.
«Agar Ğarb davlatlari Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan oltin-valuta zaxiralaridan tuşgan daromaddan foydalana boşlasa, biz ham xuddi şunday qilamiz. Biz döst bölmagan kompaniyalar va taşkilotlarning pullarini muzlatib qöydik. Şuningdek, biz bu pulni öz hisobimizda saqlaymiz va uşbu aktivlardan, uşbu resurslardan foydalanişdan olingan daromadlarni xuddi şunday tarzda işlatamiz. Ularni iqtisodiyot ehtiyojlariga, Rossiya Federatsiyasi sub’yektlarining ehtiyojlariga yönaltiramiz», — dedi Siluanov «Rossiya-24» telekanaliga bergan izohida.
«Aytişim mumkinki, bunday qarorlar allaqaçon amalga oşirilmoqda», — deya qöşimça qildi u.
Avvalroq AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen Ukraina Moliya vazirligi rahbari Sergey Marçenko bilan kelişuv imzolaş marosimida G7 Ukrainaga joriy yil oxirigaça 50 milliard dollar kredit ajratiş majburiyatini olganini aytgan edi. AQŞ esa bu davlatga 20 milliard dollar ajratmoqçi. Uning sözlariga köra, qarzlarni muzlatib qöyilgan Rossiya aktivlari hisobidan tölaş rejalaştirilgan.











