Yevropa komissiyasi Xitoyning Temu onlayn-savdo maydonçasiga nisbatan jarima işini oçdi. Bryussel internet orqali arzon tovarlarni sotiş bilan şuğullanadigan kompaniyani YeIning Raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunini buzişda gumonlamoqda. Xususan, gap kontrafakt va xavfli mahsulotlar savdosi haqida ketyapti.

Tekşiruvlar davomida Temu internet-sahifasining körinişi ham örganiladi. Tanqidçilarning hisoblaşiça, u xaridorlarda tobelikni keltirib çiqarib, rejalaştirilmagan xarajatlarni yuzaga keltiradigan tarzda yaratilgan.

Yevrokomissiya raisi örinbosari Margret Vestagar Xitoy kompaniyasini sotilayotgan mahsulotlar YeI standartlariga javob berişini ta’minlaşga va iste’molçilarga zarar yetkazmaslikka çaqirdi. GFR Iqtisodiyot vazirligi, şuningdek, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş assotsiatsiyasi Temu va arzon mahsulotlar sotuvçi boşqa internet-dökonlarga nisbatan qattiq çoralar körilişini talab qilmoqda.

Öz navbatida Temu Yevroittifoq hukumatlari bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi.

Yevropa Ittifoqida Raqamli xizmatlar töğrisidagi qonun 2023 yil avgustda kuçga kirgan. U internet-kompaniyalar zimmasiga irqçilik, giyohvandlik vositalari va qalbaki mahsulotlar savdosi, bolalar pornografiyasi va dezinformatsiya tarqalişiga qarşi kuraşiş majburiyatini yuklaydi.

Eslatib ötamiz, avgust oyida Temu onlayn maydonçasiga egalik qiladigan PDD Holdings kompaniyasi aksiyalari oxirgi bir yilda qariyb 22 foizga qimmatlaşgani töğrisida xabar berilgandi.