Xitoyning Şansi provinsiyasidagi Lyuylyan şahrida nikohdan ötayotgan er-xotinlarga, agar kelin 35 yoş yoki undan kiçik bölsa, mukofot puli tölanadi, deb xabar berdi Jiefang Daily gazetasi.

2025 yil 1 yanvardan boşlab Lyuylyanda nikohni röyxatdan ötkazadigan juftlikka 1,5 ming yuan (qariyb 2,7 mln söm) tölab beriladi. Bunda kuyov ham, kelin ham birinçi marta turmuş qurayotgan bölişi kerak.

Şuningdek, 2025 yil boşidan boşlab şahar hukumati birinçi farzand tuğilganda 2 ming yuan (3,6 mln söm), ikkinçi farzand tuğilganda 5 ming yuan (9 mln söm), uçinçi farzand tuğilganda 8 ming yuan (14,3 mln söm) tölaydi. Çaqaloqlar Lyuylyanda röyxatdan ötkazilişi kerak.

Şahar hukumati onalikni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş va onalik uçun qulay jamiyat yaratiş çora-tadbirlari doirasida uşbu tölovlarni joriy etdi.

Lyuylyanda 3,4 millionga yaqin aholi yaşaydi. Guancha.cn ma’lumotlariga köra, 2024 yilda şaharda taxminan 16,7 mingta nikoh qayd etilgan.

Yanvar oyida Reuters 2023 yil oxirida Xitoy aholisi 2,08 millionga qisqarib, 1,409 milliardga yetganini yozgandi. Bu mamlakat aholisi kamayib borayotgan ikkinçi yil, deb ta’kidladi agentlik. Bunga sabablar orasida “tuğilişning rekord darajada pasayişi” va “COVID-19 tufayli yuz bergan ölimlar tölqini” körsatilgan.