Pokistonning ikkinçi yirik şahri Lohur ma’muriyati maktablarni yopdi va fuqarolarni havoning kuçli ifloslanişi sababli uyda qolişga çaqirdi, deb xabar berdi Reuters.

IQAir monitoring kompaniyasi ma’lumotlariga köra, şahardagi havo sifati «xavfli» darajada qolmoqda. Lohurda qon aylaniş va nafas oliş tizimlariga zarar yetkazuvçi, ifloslantiruvçi PM2.5 zarralari konsentratsiyasi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiya qilgan yillik örtaça körsatkiçdan 60 baravar yuqori ekani aniqlangan.

Atrof-muhitni transport vositalaridan ifloslanişini kamaytiriş uçun ofis xodimlarining yarmi masofaviy işlaşga ötkazilgan. Rasmiylar havo sifatining yomonlaşişini qöşni Hindistondan havoni ifloslantiruvçi şamollar bilan boğlamoqda.

IQAir reytingiga köra, ayni paytda Hindiston poytaxti Nyu-Dehli havosining ifloslaniş darajasi ham «xavfli» darajada.

2 noyabrdan 3 noyabrga ötar keçasi Toşkent şahri havosida zaharli zarraçalar miqdori JSST tasdiqlagan me’yordan 93,2 barobar köp bölgani qayd etilgan edi.