Içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasida bayram tadbiri ötkazildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda davlat rahbari topşiriği bilan xizmatda foydalaniş uçun 8 ta BYD va 15 ta Damas avtotransport vositalari sohaviy xizmat xodimlariga topşirildi. IIBBga köra, taqdim etilgan mazkur transport vositalari sohaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlaş va xizmat sifatini yaxşilaşda öz hissasini qöşadi.
Şuningdek, Toşkent şahar IIBBda joylaşgan xotira maydonida xizmat burçini ado etiş vaqtida halok bölgan içki işlar organlari xodimlarining xotirasi yod etib, monumentga gullar qöyildi.

Tadbir davomida öz xizmati bilan kasbdoşlariga örnak bölgan bir qator xodimlar içki işlar vaziri, Toşkent şahar IIBB boşliği va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlarining kökrak nişoni, faxriy yorliği va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.











