2024 yilda AQŞ prezidenti, şuningdek, Kongressning har ikki palatasi deputatlari saylovi kampaniyalariga rekord miqdordagi mablağ sarflandi – jami 15,9 milliard dollar. Bunday ma’lumotlar 5 noyabr, seşanba kuni Amerikaning OpenSecrets notijorat taşkiloti tomonidan e’lon qilindi. Körsatilişiça, bu mablağ 2020 yilgi kampaniyaga sarflangan mablağdan oşib ketgan, u 15,1 milliard dollarni taşkil qilgandi.

Taqqoslaş uçun: 2016 yilda, taşkilot ma’lumotlariga köra, saylov poygasi «atigi» 6,5 mlrd dollarga tuşgan

Biroq, OpenSecrets ma’lumotlariga köra, 2024 yilda Demokratik nomzod Kamala Harris qöllab-quvvatlaş uçun mablağ töplaşda muvaffaqiyat qozongan. Uning kampaniyasi töğridan töğri xayriya sifatida milliard dollar töpladi, buning 40 foizi kiçik xayriyalardan iborat. Bundan taşqari, lobbi guruhlari, Siyosiy harakatlar qömitasi (PAC) Harrisni ilgari suriş uçun 586 million dollar ajratdi.

Tadbirkor Maykl Blumberg demokratlarni 93 million dollar xayriya bilan qöllab-quvvatladi va Kamala Harris kampaniyasining eng yirik donoriga aylandi. Jorj Soros unga PAC orqali yana 56 million dollar yubordi.

Trampni kim va qança miqdorda qöllab-quvvatladi?

Şu bilan birga, uning raqobatçisi, Respublikaçilar partiyasidan nomzod, AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning saylovoldi taşviqoti töğridan töğri xayriya hisobidan 382 million dollar yiğdi. Uşbu mablağning 28 foizi kiçik xayriyalardan tuşdi. Lobbi guruhlari unga 694 million dollar yuborgan.

Trampga bir martalik eng katta xayriya 82 yoşli tadbirkor Timoti Mellon tomonidan amalga oşirilgan: 197 million dollar. Uline logistika kompaniyasi egalari, milliarder Riçard Uileyn va uning rafiqasi Elizabet, şuningdek, şifokor Miriam Adelson hamda SpaceX va Tesla asosçisi Ilon Mask ham respublikaçi nomzodni 100 million dollardan ortiq mablağ bilan qöllab-quvvatladi.

Saylov reklamasining qiymati

AdImpact reklama agentligining hisob-kitoblariga köra, 2024 yilgi kampaniyalarda saylovoldi reklamasiga 10,5 milliard dollar sarflangan. Şu bilan birga, uşbu maqsadlar uçun, ayniqsa, ikkilanuvçi deb ataladigan ştatlarga katta miqdorda sarmoya kiritildi: Pensilvaniyada — 264 million dollar, Miçiganda — 151 million dollar va Jorjiyada — 137 million dollar.