Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat mudofaa vaziri Yoav Gallantni lavozimdan ozod etdi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Gallant örniga Isroil taşqi işlar vaziri Israel Kats tayinlanadi. Gideon Saar bölsa mamlakat taşqi işlar vaziri lavozimini egallaydi.
«Uruşning dastlabki oylarida özaro işonç bor edi va juda samarali işlar amalga oşirildi, ammo sönggi oylarda men va mudofaa vaziri örtasidagi işonç darz ketdi», — deydi Netanyahu.
Uning aytişiça, Gallant Vazirlar mahkamasi körsatmalariga zid bölgan qarorlar qabul qilgan va bayonotlar bergan. Netanyahu hukumatning aksariyat a’zolari uning qarorini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Eslatib ötamiz, 2023 yil aprelda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu mudofaa vaziri Yoav Galantni iste’foga çiqariş haqidagi qarorini bekor qilgandi. Vazirlar mahkamasi rahbari öşanda mudofaa vaziri bilan «barça jabhalarda sutkada 24 soat birga» işlayotganini va «ixtiloflarni çetga suriş»ga qaror qilganini bildirgan edi.












