6 noyabr kuni Bişkek şahrida ötayotgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev öziga ajratilgan qarorgohda Vengriya boş vaziri Viktor Orban bilan uçraşuv ötkazdi.

Özbekiston-Vengriya strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Özaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş körsatkiçlari va sanoat kooperatsiyasi kölami ortib bormoqda, Toşkent viloyatida industrial park taşkil etiş işlari olib borilmoqda. Oktyabr oyida Qöqon şahrida birinçi Hududlar forumi ötkazildi. Bu oyda Budapeşt şahrida muhim qöşma madaniy tadbirlar bölib ötadi.


Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini körib çiqdilar. Yetakçi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik böyiça yangi loyihalar portfelini şakllantiriş muhimligi alohida ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.












