Respublikaçi Donald Tramp AQŞning yangi prezidenti etib saylandi, Amerikaning Fox News, CNN, Reuters, Associated Press, NBC News, ABC News kabi asosiy naşrlari şuni prognoz qilmoqda. Tramp uçun ovoz beradigan saylovçi delegatlar soni 270 dan oşib bölgan, Demokratik partiya nomzodi Kamala Harrisning ovozlari soni — 224 taga yetgan. Saylovning yakuniy natijalari hali aniq emas, ovozlarni hisoblaş jarayoni davom etmoqda.

AQŞda prezident ikki bosqiçli tizimda saylanadi. Nomzod uçun har bir ştatda alohida ovoz beriladi va turli ştatlar turliça miqdorda saylovçi delegatlarni taqdim etadi— aholi soni eng köp bölgan Kaliforniya (54), Texas (40), Florida (30) va Nyu-York (28) kabi ştatlar mos ravişda köproq ovozga ega. Delegatlarning jami soni 538 nafar, nomzod ğalabaga erişiş uçun şundan kamida yarmidan köproğining — 270 nafarining ovozini öziniki qilişi talab etiladi.

Tramp allaqaçon özini AQŞning yangi prezidenti deb e’lon qilib böldi. Fox News Amerika mediasi orasida birinçi bölib Tramp ğalaba qozonişini xabar qilişi ortidan u Floridaning Uest-Palm-Biç şaharçasidagi qarorgohida tarafdorlari qarşisida nutq sözladi. Tramp Amerika xalqi uni 47-prezident etib saylaganini e’lon qildi. Respublikaçilar nomzodi bu amerikaliklarning «ajoyib» ğalabasi bölganini ta’kidladi. U AQŞ aholisini baxtiyor, Amerikani — kuçli va xavfsiz qilişga va’da bergan. Şuningdek, raqiblari aytganidek uruş boşlamasligini bildirgan. «Men uruşlarni töxtatmoqçiman», — degan Tramp.

Tramp saylovlardagi ğalabasi munosabati bilan dastlabki tabriklarni qabul qilib olgan. Uni birinçilardan bölib  Salvador prezidenti Nayib Bukele, Vengriya boş vaziri Viktor Orban, Avstriya kansleri Karl Nehammer va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç tabriklagan.

Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Tramp bilan hamkorlik qiliş «imkoniyatini intiqlik bilan kutayotgani»ni, «Buyuk Britaniya va AQŞ örtasidagi alohida munosabatlar Atlantikaning har ikki tomonida yana uzoq yillar davomida rivojlanişda davom etişi»ni aytgan. Germaniya kansleri Olaf Şols ham öz tabrigida mamlakatlar «Atlantikaning ikki sohilidagi farovonlik va erkinlikni ta’minlovçi» hamkorlikni davom ettirişini bildirgan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron oldin ham bölganidek «tinçlik va farovonlik uçun» Tramp bilan işlaşga tayyorligini izhor etgan.

Turli mamlakatlar rahbarlari Trampga yöllagan tabriklarida Rossiya-Ukraina mavzusiga töxtalgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sentabr oyida Tramp bilan ötkazilgan «ajoyib uçraşuv»ni eslaşini, öşanda ular «Ukraina va AQŞning strategik hamkorligi, ğalaba rejasi va Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzini töxtatiş yöllarini batafsil muhokama qilgani»ni aytgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Trampni tabriklar ekan, «mintaqaviy va global inqirozlar va uruşlar, ayniqsa, Falastin masalasi va Rossiya-Ukraina uruşi töxtaşi» hamda «yanada adolatli dunyo quriş uçun köproq harakatlar amalga oşirilişi»ni kutayotganini bildirgan.