AQŞ prezidentlik saylovida ğalaba qozongan Donald Tramp özbekistonliklar uçun ham yaxşi taniş. Uning hokimiyatga kelişi Markaziy Osiyo va Özbekiston uçun qanday ahamiyatga ega? "Geosiyosat" da tahlilçilar Şuhrat Rasul, Oybek Sirojov va Farhod Karimov mavzu yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

Saylovda Donald Tramp ğalaba qozondi, aslida biz uçun Harris qulay edimi yoki Tramp?

Şuhrat Rasul: Janob Tramp prezidentligi davrida Özbekiston davlat rahbari bilan juda yaxşi aloqalarga ega edi va aynan Tramp davrida davlat kotibi bölgan Maykl Pompeo Markaziy Osiyoga taşrifi davomida Özbekiston suvereniteti va uning mustaqilligini AQŞ qöllab-quvvatlaşini ta’kidlagan. Ya’ni xulosa qilib aytganda, Özbekiston uçun jiddiy özgariş bölmaydi.

Oybek Sirojov: Trampning prezidentlikka qaytib kelgani bu Markaziy Osiyo hamda Özbekiston uçun muhim ahamiyat kasb etadi.

Birinçi omil, Tramp qarorlarini va xatti-harakatlarini oldindan başorat qilib bölmaydigan öziga xos bir şaxs. Şunday yondaşuvlar bilan bemalol u Rossiyani çeklab tura oladi. Ya’ni masalan, Ukraina va Rossiya örtasida ma’lum bir kelişuvlar bölsa va ana şu kelişuvlar doirasida Rossiyaga, albatta, şartlar qöyiladi. Demak, mana şu hududlarni olding, böldi endi, undan keyin sobiq sovet davlatlariga harbiy tahdidga umuman yöl qöyilmaydi, degan yondaşuvni ilgari surişi mumkin.

Ikkinçi jihati, Tramp davrida katta ehtimolga köra AQŞning Xitoy bilan munosabatlari jiddiylaşadi. Demak, bu biz uçun, Markaziy Osiyo uçun ahamiyatli.

Uçinçidan, Tramp saylovoldi çiqişlarida Afğoniston masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi va aytilgan ediki, Afğonistonda umuman Bayden şarmandalarça çiqdi va bu masalani biz hokimiyat tepasiga kelsak joyiga qöyamiz, degandi. Töğri, bugun Afğonistonga qöşin kiritiş masalasi tasavvur qilib bölmaydigan darajada, lekin Afğonistonni hozirgi hukumatiga yoki u yerdagi ma’lum bir masalalarga nisbatan ma’lum bir tiyib turiş siyosati yuritilişi mumkin.

Farhod Karimov: AQŞning Markaziy Osiyo borasidagi siyosati qaysi partiya vakili hukumronlikka kelişi yoki qaysi şaxs prezident bölişidan qat’i nazar, taşqi siyosati keskin özgarmaydi. Lekin aynan Trampning Xitoyga bölgan munosabatini hisobga oliş kerak.

Ya’ni Tramp Markaziy Osiyoni AQŞ va Rossiya örtasidagi raqobat muhiti yoki hudud deb bilmaydi-da. Fikrimça, Markaziy Osiyo Xitoy bilan AQŞ örtasida qaysidir ma’noda juda ham katta ahamiyatga ega böladi, ya’ni bizning makon davlatlarining taşqi siyosatida va bu yerda dunyodagi yirik ikki qudrat geosiyosiy manfaatlari töqnaşmasligi uçun ham har qanday masalani amalga oşirişimiz kerak böladi.