AQŞdagi prezident saylovi oldidan ham demokratlar, ham respublikaçilar nomzodi dunyodagi uruşlarni töxtatişini aytib, bong urdi. Harris Ğazodagi uruşni tugatişini aytsa, Tramp Ukraina mojarosini bir kundayoq hal qilişini ta’kidlab, omma e’tiborini torta oldi.
Pitsburg universitetining xalqaro munosabatlar böyiça professoriga köra, bu quruq gap. Donald Tramp uruşlarni töxtata olmaydi.
Ikki yillik saylovoldi kampaniyasida sobiq prezident Trampni maşhur qilgan mavzulardan biri — Ukraina uruşi edi. Siyosatçi bundan puxtalik bilan foydalandi, Harris va Bayden boşqaruvini Amerikaning «eng qora kunlari» deb atadi. Bundan taşqari, Tramp prezidentlikka saylansa, Ukrainadagi uruşni bir kundayoq tugatişini aytib, omma e’tiborini jiddiy qozondi. Bunga demokratlar, xususan Bayden va Harris javob berar ekan, Trampning hokimiyatga kelişi — Ukraina zarariga öynaşini başorat qilgandi. Şuningdek, Harris debatda Tramp Ukrainani Rossiyaga berib yuborişini aytib, jiddiy tanqid yoğdirdi. Trampning özi esa agar u prezident bölganida na Ukraina, na Ğazodagi uruş aslida boşlanmasligini aytib keladi.
Saylov oldidan ikki nomzod ham uruş tugatar takliflarini berdi. Harris Ğazodagi uruşni yakunlaşga va’da berdi, Tramp esa Ukrainadagi. Pensilvaniya ştati Pitsburg universitetining xalqaro munosabatlar böyiça professori Jyennifer Brik Murtazaşvili fikriça, Tramp bunga qodir emas. Siyosatşunos na Harris va na Tramp uruşlar oldida zaifligini aytadi.
— Saylovdan avval ikki nomzod ham hozir bölayotgan uruşlarni töxtataman, deya va’da berdi. Harris Ğazodagi, Tramp esa Ukrainadagi uruşni töxtatişini elektoratga aytdi. Xöş, ular uruşni töxtata oladimi?
— Yöq, ular buni qilolmaydi. Bu uruşlarda AQŞning özi ham kuraşyapti. Ikki siyosatçi ham faqat AQŞning özini ma’lum ma’noda töxtatişi mumkin, lekin masalan, Ukrainadagi uruşni yakunlaş uçun ukrain xalqi bilan gaplaşiş kerak. Ular oylardan beri aslida uruşning tugaşini kutişyapti. Ammo buning uçun öz hududlarini Rossiyaga berişlariga töğri keladi. Xuddi şunday kayfiyat Ğazoda ham hukmron. Masalan, isroilliklar va falastinliklar uruş tugaşini istaydi. Lekin Harrisning bu boradagi pozitsiyasi Baydennikidan keskin farq qildi.
Ukrainaga qaytsak, Tramp uruşni tugatişini aytmoqda, lekin qanday qilib, u nimani nazarda tutyapti, bunga aniq tarif bergani yöq. Bir neça hafta ilgari prezident Zelenskiy AQŞda, Vaşingtonda edi. Tramp öşanda kollektiv Ğarb ortiq bu uruş uçun pul tikmasligini aytdi. Uning şu gaplari ham köplab amerikaliklarga yoqib tuşdi, ilhomlantirdi. Trampga köra, u ham Putinni, ham Netanyahuni uruşni yakunlaşga köndiradi. Men uning bu gaplariga işonmayman, köndira olmaydi, — dedi Jyennifer Brik Murtazaşvili.












