Xitoy mahalliy hokimiyatlarning qarz yukini kamaytiriş va sekinlaşgan iqtisodiy ösişni barqarorlaştiriş uçun 10 trillion yuan (1,4 trillion dollar) miqdoridagi çora-tadbirlar töplamini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Naşrning ta’kidlaşiça, bu qaror Donald Trampning AQŞ prezidenti etib qayta saylanişi ortidan bosim kuçaygan bir paytda qabul qilindi. Oldingi rağbatlantiriş dasturlaridan farqli ölaroq, yangi çora-tadbirlar iqtisodiyotga mablağlarni töğridan-töğri kiritiş emas, balki uzoq muddatli istiqbolda munitsipal balanslarni tiklaşga qaratilgan.

Xitoy moliya vaziri Lan Foan buning ortidan qöşimça rağbatlantiriş çoralarini körişini aytdi. Şu bilan birga, Xitoy hukumati eksport kreditlarini suğurtalaşni kengaytiriş va savdo kompaniyalarini qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişni ma’qulladi.

Xitoyda mahalliy hukumatlar yuqori qarz darajasi va daromadlarning kamayişiga duç kelişda davom etmoqda. Vaziyat 2021 yilda boşlangan köçmas mulk bozori inqirozidan keyin yomonlaşdi. Bu iqtisodiyotning 2024 yilda 5 foizlik ösiş maqsadiga tahdid soladi. Şu bilan birga, qayta saylangan AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga 60 foizdan ortiq bojlar joriy etiş niyatida, bu esa Xitoy eksportçilari va sanoati uçun xavflarni yanada köpaytiradi.