Ijtimoiy tarmoqlarda öqituvçi öquvçini urgani tasvirlangan video tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan örganilganda holat Toşkent şahridagi litseylardan birida 2024 yil 16 may kuni sodir bölgani aniqlangan.

Ma’lum bölişiça, Çilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan Respublika akademik litseyida 17 yoşli öquvçi J.M. fanga tayyorgarlik körmagan.

Öqituvçi M.A. bir neça bor ogohlantirsa-da, bola tartibga kelmagan. Şundan söng örtada özaro kelişmovçilik kelib çiqib, öqituvçi öquvçining yuz qismiga qöli bilan qattiq urgan.

Qayd etilişiça, hozirda holat böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani bu borada qöşimça axborot berilişini ma’lum qildi.