Seriallar, multfilmlar, filmlar va qöşiqlar «ma’naviy ekspertizadan» ötkaziladi. Bu haqda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov telegram-kanalida joylaştirilgan videodan ma’lum bölmoqda.
Qayd qilinişiça, mutaxassislar Özbekiston va xorijda işlab çiqarilgan ommaviy axborot vositalarining davlat siyosati, davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy mezonlarga muvofiqligini örganadi. Şuningdek, insoniy fazilatlarga zid axloqsizlik va odobsizlik tarğibotining mavjudligi ham tekşiriladi.
Mutaxassislar media-mahsulotlarning yoşlar tarbiyasi va milliy mentalitetga ta’sirini baholaydi. Bundan taşqari, yoşlar tarbiyasiga, milliy urf-odatlarga putur yetkazuvçi media mahsulotlari tarqalişining oldini oliş çoralarini köradi.
Bunday media mahsulotlarning namoyiş etilişini töxtatiş böyiça tegişli vazirlik, idora va taşkilotlarga taklif kiritiladi.
Videoda mavzuga doir boşqa ma’lumotlar keltirilmagan.











