Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgning Özbekistondagi elçisi etib tayinlangan Tom Rayzenni qabul qildi.

"Tom Rayzen janoblarini Lyuksemburgning Özbekistondagi birinçi Elçisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining telegram-kanalida. – Darhaqiqat, mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini örganiş va hayotga tatbiq etiş uçun Taşqi işlar vazirliklari birgalikda sa’y-harakatlarni kuçaytirişi lozim. Işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş, savdo kölamini oşiriş uçun barça şaroitlarni yaratiş, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillaştiriş va boşqa masalalar bugungi kun tartibidan örin oldi. Janob Elçiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Özbekiston va Lyuksemburg örtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda örnatilgan.

16 oktyabr kuni Nikaragua va Ugandaning birinçi elçilari Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan edi.