Helsinki rasmiylari rossiyalik işbilarmonlar Gennadiy Timçenko (u Finlandiya fuqaroligiga ham ega) va Roman Rotenbergga tegişli şaharning eng yirik sport arenasi Helsinki Halli'ni majburan musodara etiş taşabbusi bilan çiqmoqda. Bu haqda 12 noyabr, seşanba kuni şahar ijroiya kengaşiga tayanib, Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Arena Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga harbiy hujumidan söng Timçenko va Rotenbergga qarşi kiritilgan sanksiyalar tufayli yopilgan edi. Ötgan yili, deb yozadi Reuters, Helsinki, agar tadbirkorlar maydonçani ixtiyoriy ravişda sotişga rozi bölmasa, ulardan tortib olinişi mumkinligini ma’lum qilgan.
11 noyabr, duşanba kuni şahar kengaşi arena ekspropriatsiyasi «bino vayron bölişini töxtatiş va yirik xalqaro tadbirlarni ötkaziş imkoniyati yöqligi sababli Finlandiya obrösiga putur yetkazilişining oldini oliş uçun» zarur deb qaror qildi», deyiladi matnda. Şahar rasmiylarining qöşimça qilişiça, jarayon bir neça yilga çözilişi mumkin.
2023 yilda Helsinki ma’muriyatining hisob-kitoblariga köra, arena işlamay qolganligi sababli şahardagi mehmonxonalar, restoranlar va boşqa korxonalar yiliga 400 million yevrogaça zarar körmoqda.
Gennadiy va Yelena Timçenko YeI sudida sanksiyalarni olib taşlaşga erişa olmadi
11 sentabr kuni YeI sudi er-xotin Gennadiy va Yelena Timçenkolarning Yevropa Ittifoqi Kengaşiga da’vosini rad etdi, unda ular Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi uçun sanksiyalar rejimi doirasida ularga nisbatan qöllangan çeklov çoralariga e’tiroz bildirişdi.
2022 yil iyul oyida YeI Kengaşi sanksiyalar röyxatidagi şaxslarga Yevropa Ittifoqi yurisdiksiyasi ostidagi aktivlari töğrisida hisobot beriş majburiyatini kiritdi. Bryussel bu harakatni sanksiyalardan qoçiş sxemalarining tobora murakkablaşib borayotganiga javob deb atadi. Timçenkolar Yevropa Ittifoqi Kengaşi şu tarzda öz vakolatlarini suiiste’mol qilganiga işonyapti. Biroq, Lyuksemburg sudi Bryusselning bunday majburiyatni yuklaş huquqiga ega ekanligini körsatdi.











