Fransiyaning yirik naşrlari, jumladan, Le Figaro, Le Monde, Le Parisen va Le Echos gazetalari X ijtimoiy tarmoği ustidan sudga şikoyat arizasini kiritdi, deb xabar beradi The Guardian.

Qayd etilişiça, 2024 yil may oyida Fransiya sudi uşbu naşrlarning Amerika ijtimoiy tarmoğiga qarşi da’vosi böyiça ijobiy qaror çiqarib, X’ga foydalanilgan yangiliklar materiallari uçun gonorarlar tölaş vazifasini yuklagan.

Sud qaroriga köra, X ikki oy içida OAVga ularning materiallari foydalanilgan postlar qança körilgani va ulaşilganiga oid ma’lumotlarni taqdim etişi kerak edi. Şuningdek, ijtimoiy tarmoq postlarni taqdim etiş algoritmlarining işlaş usulini oşkor etişi lozim bölgan. Uşbu ma’lumotlar 2019 yilda Fransiyada raqamli platformalarga nisbatan ham kuçga kirgan turdoş huquqlar töğrisidagi qonun doirasida potensial gonorarlarni «şaffof baholaş» uçun zarur hisoblanadi.

Ammo şikoyat mualliflarining ta’kidlaşiça, X ijtimoiy tarmoği hozirga qadar sud talablarini bajarmagan. Şuningdek, OAV vakillari X ofisini hamkorlikdan boş tortişda ayblamoqda.

Fransiya ommaviy axborot vositalari 2021 yilda Google kompaniyasiga nisbatan ham şu kabi da’voni ilgari surgan va u qanoatlantirilgan edi. Şundan keyin qidiruv platformasiga fransuz OAV bilan gonorarlar töğrisidagi muzokaralarda kelişilgan ayrim majburiyatlarini bajarmagani uçun antimonopoliya regulyatori tomonidan 500 ming yevro miqdorida jarima ham belgilangandi. 2024 yilda Fransiya Antimonopoliya xizmati Googleʼni xuddi şunday ayblov bilan yana 250 ming yevro jarimaga tortdi.