Ozarboyjonning Boku şahrida bölib ötayotgan COP29 anjumani doirasida Özbekiston Energetika vazirligi va Birlaşgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi örtasida Navoiy viloyatining Uçquduq tumanida quvvati 1000 MVt bölgan şamol elektr stansiyasini quriş loyihasini amalga oşiriş böyiça şartnoma imzolandi.
Mazkur elektr stansiya quriliş jarayonida 600-800 ta yangi iş örni yaratiladi. Loyihani amalga oşiriş natijasida yiliga 3,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasini işlab çiqariladi, 1 mlrd kub metr tabiiy gaz zaxiralari tejaladi.
Mazkur şamol elektr stansiyasini quriş orqali atmosferaga çiqariladigan çiqindilarni yiliga 1,4 mln tonnaga kamaytirişga erişiladi.

Özbekiston va Masdar kompaniyasi hamkorligida şu paytgaça umumiy quvvati 1497 MVt bölgan loyihalar, jumladan, Zarafşonda şamol elektr stansiyasi (500 MVt) va Karmanada (100 MVt), Ğallaorolda (220 MVt), Kattaqörğonda (220 MVt) va Şerobodda (457 MVt) quyoş elektr stansiyalari foydalanişga topşirildi.
Bundan taşqari, Buxoro viloyatining Olot tumanida (250 MVt) va Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida (300 MVt) quyoş elektr stansiyalari qurilmoqda.

















