2024 yil Özbekistonda moliyaviy piramidalar yili böldi desak xato emas: yil odamlarni powerbank ijarasiga pul tikiş orqali katta daromad olişga işontirgan “Parker” moliyaviy piramidasi bilan boşlangan bölsa, video köriş orqali pul topişni tarğib qilgan HNK media kompaniyasi bilan yakuniga yetdi. Bu orada özbekistonliklar quyoş panellariga pul tikişga çaqirilgan “Sun Eco”, video köriş orqali pul işlaş aytilgan Whats va Aif, tabiat ğamxöri niqobidagi “Blue culture”, sovğa ulaşuvçi “Dari poluçay” kabi moliyaviy piramidalarga çuv tuşdi. Hatto ularning “xizmatlarini” telekanal va gazetalar, mahalla raisi, ta’lim muassasalari rahbarlari ham faol tarğib qilişga kirişdi. Buning oqibatida esa minglab özbekistonliklar uşbu loyihalarga pul tikib, çuv tuşdi.
Bu kabi moliyaviy piramidalar va pul evaziga ma’lum bir işni oson bajarib beriş va’dasiga asoslangan turli firibgarliklar hamon davom etmoqda.
Masdar’ni niqob qilganlar
Yil boşida quyoş panellari bilan boğliq “Sun Eco” nomli moliyaviy piramida paydo bölgandi. Masdar loyihasi ham quyoş panellari bilan boğliq.
Masdar kompaniyasi Özbekistonda quyoş va şamol elektr stansiyalari qurayotgani ortidan taniş nomga aylangan. Bu nom nafaqat Özbekiston, balki butun dunyoga taniş. Moliyaviy piramidaçilar şu sababli uning nomidan foydalangan. Xuddi Whats’chilar WhatsApp nomidan foydalangani kabi.






























