O‘zbekiston | 09:30 / 13.11.2024
1755
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - Chernogoriya hukumatlararo komissiyasi tuziladi

Boku shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovich bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish uchun hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda Toshkent shahrida biznes-forum bilan birgalikda o‘tkazish taklif etildi.

Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha asosiy bitimlar tayyorlanadi, ustuvor yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid