Amerikalik 22 yoşli harbiy IT-mutaxassis Jyek Teyşeyra öz mamlakatining milliy mudofaasiga oid maxfiy ma’lumotlarni, jumladan, Ukrainadagi uruşga oid maxfiy harbiy hujjatlarni oşkor qilgani uçun 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Massaçusets ştati Milliy gvardiyasi harbiy xizmatçisiga 12 noyabr, seşanba kuni federal sudya hukm çiqardi. Sudda Teyşeyra hukmga munosabat bildirmadi.

Adliya vaziri Merrik Garland öz bayonotida: «Jyek Teyşeyra anonim onlayn döstlarini hayratda qoldiriş uçun milliy mudofaa haqidagi maxfiy ma’lumotlarni bir neça bor ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan» dedi. Okrug prokurori Joşua Leviga köra, u AQŞ tarixidagi eng muhim razvedka ma’lumotlarining sizib çiqişi uçun mas’ul, bu Qöşma Ştatlarga «öta jiddiy va uzoq muddatli zarar» keltirdi, boşqa harbiy xizmatçilarni xavf ostiga qöydi va AQŞning ittifoqçilar bilan munosabatlariga putur yetkazdi.

2024 yil mart oyida, hibsga olinganidan deyarli bir yil ötib, Jyek Teyşeyra josuslik töğrisidagi qonunga köra, milliy mudofaa ma’lumotlarini qasddan saqlaş va uzatişda oltita band böyiça aybini tan oldi.

Ukrainadagi uruş böyiça AQŞ razvedka ma’lumotlari sizdirilişi

2019 yil sentabr oyida Milliy gvardiya safiga qöşilgan va 2021 yilda öta maxfiy hukumat hujjatlarini köriş uçun rasmiy ruxsat olgan Jyek Teyşeyra 2023 yil 13 aprelda geymerlar orasida maşhur Discord ijtimoiy media platformasidagi Thug Shaker Central çat guruhida paydo bölgan maxfiy hujjatlarning sizib çiqişi bilan boğliq holda qölga olingan edi. AQŞ rasmiylariga köra, Teyşeyra birinçi marta 2022 yil oktyabr oyida u yerda maxfiy ma’lumotlarni joylaştirgan.

The New York Times gazetasining yozişiça, Teyşeyra aloqador bölgan maxfiy ma’lumotlarning birinçi e’lon qilinişi 2022 yilning fevralida sodir bölgan. Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkor hujumidan keyin 48 soatdan kamroq vaqt ötgaç, profili Teyşeyraning profiliga mos keladigan foydalanuvçi boşqa bir Discord çat guruhida «Pentagonning hujum uçun (RF QK) kuçlarning uçdan bir qismi foydalanilayotgani haqidagi hisobotini körganini» yozgan Foydalanuvçining qöşimça qilişiça, u AQŞ harbiy-havo kuçlarining razvedka bölimida xizmat qiladi. Boşqa xabarlarda Teyşeyra Ukrainaga qaysi davlatlar harbiy yordam berayotgani haqidagi ma’lumotlar bilan örtoqlaşgan va harbiy rejalar böyiça razvedka ma’lumotlarini joylaştirgan.

Massaçusets ştatidagi Otis Milliy gvardiya bazasida 102-razvedka qanotidan Teyşeyraning 15 nafar safdoşi maxfiy ma’lumotlarning ommaviy ravişda sizib çiqişi tufayli intizomiy jazoga tortildi. Havo kuçlarining içki tekşiruvi şuni körsatdiki, ular sizib çiqiş oldini oliş uçun zarur çoralarni körmagan.