Tanamiz hujayralarida vodorod peroksid (H₂O₂) nafaqat “tozalovçi” rolini öynaydi, balki muhim signallarni uzatişda ham iştirok etadi. Biroq stress holatlarida, masalan yalliğlaniş vaqtida, H₂O₂ temir bilan reaksiyaga kirişib (Fenton reaksiyasi), gidroksil radikallarini hosil qiladi. Bu molekulalar DNK va RNKga tartibsiz ravişda hujum qilib, genetik darajada jiddiy şikast yetkazişi mumkin.

Yuta universiteti olimlari kimyo professori Sintiya Berrouz rahbarligida CO₂ dan hosil bölgan bikarbonat Fenton reaksiyasi oqibatlarini yumşatişi mumkinligini aniqladi. Bunda agressiv gidroksil radikallar örniga karbonat radikallari hosil böladi. Uşbu radikallar DNKga tanlab ta’sir körsatadi, törtta azotli asosdan faqat bittasini — guaninni şikastlaydi.

Berrouz kaşfiyot hujayra kimyosini tuşunişda ğoyat muhim ekanini ta’kidladi. Uning aytişiça, hujayra muhitida bufer vazifasini bajaruvçi bikarbonat temir bilan boğlanib, reaksiya xarakterini butunlay özgartiradi. Natijada kamroq zararli birikmalar hosil böladi, bu esa DNKning tasodifiy şikastlaniş xavfini pasaytiradi.

“Karbonat radikallari göyo nişonga aniq urilgan nayza kabi faqat guaninni zararlaydi, gidroksil radikallari esa xuddi soçma miltiqdan otilgandek ta’sir körsatadi”, — deb izohladi professor.

Kaşfiyotdan söng ilgari hujayraviy stress böyiça ötkazilgan köplab laboratoriya tadqiqotlari notöğri bölişi mumkin, degan xulosaga kelindi. Gap şundaki, standart tajribalarda hujayralar tabiiy muhitini qayta tiklaş uçun CO2 miqdori yuqori bölgan inkubatorlarda östiriladi. Ammo hujayralar inkubatordan olinişi bilanoq, CO₂ ning ta’siri yöqoladi va bikarbonat özining himoya vazifasini bajarişni töxtatadi. Şu sababli, tajriba natijalari yetarliça aniq bölmasligi mumkin.

Mutaxassislar tajribalarga bikarbonat qöşişni tavsiya etmoqda, çunki bu hujayra içidagi haqiqiy şaroitlarni yaxşiroq aks ettiradi. Bu kaşfiyot laboratoriyalardan taşqarida ham qöllanilişi mumkin. Masalan, mutaxassislar kosmik kapsulalar yoki suv osti kemalari kabi yopiq makondagi odamlarga karbonat angidrid gazining ta’sirini örganişni rejalaştirmoqda.

Olimlarning taxminiga köra, CO₂ darajasini biroz oşiriş organizmni radiatsiya şikastlanişidan himoya qilişi mumkin. Bu kaşfiyot kosmonavtlarni kosmik radiatsiya ta’siridan himoya qiliş usullarini işlab çiqiş uçun yangi istiqbollarni oçadi.

Tadqiqot karbonat angidrid nafaqat global iqlim omili sifatida ahamiyatli ekani, balki hujayralarning içki kimyoviy himoyasida muhim rol öynaşini isbotlaydi. Uşbu xulosalar qariş jarayoni, saraton kasalliklari va oksidlaniş stressi bilan boğliq boşqa patologiyalarning rivojlaniş mexanizmlarini yanada çuqurroq örganişga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin.