Buyuk Britaniyada 40 million iCloud bulutli servisi mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi. Da’vogarlar kompaniya mijozlarni özining bulutli ma’lumotlar saqlaş omboriga boğlab qöyib, ulardan «tovlamaçilar» kabi pul undirayotganini ta’kidlamoqda.
Sud jarayoni taşabbuskori Which? taşkiloti bölib, agar sudda muvaffaqiyatga erişilsa 3 milliard funt sterling undirişlari mumkin — bu har bir da’vogar uçun 70 funtdan töğri keladi.
Apple antiraqobat amaliyotidagi ayblovlarni rad etdi. Kompaniyadagilarning ta’kidlaşiça, mijozlar iCloud’dan foydalanişga majbur emas. Appleʼga köra, köplab foydalanuvçilar boşqa dasturçilarning muqobil servislarini ma’qul köradi, kompaniya esa «ma’lumotlarni uzatişni imkon qadar osonlaştiriş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşiradi».
Appleʼga qarşi iş Buyuk Birtaniya Raqobat masalalari böyiça apellyatsion tribunalida körib çiqiladi. Avvalroq uşbu instansiyaga Facebook, Google, Steam va Britaniya operatorlar tarmoğiga qarşi da’volar kelib tuşgandi.
Bu boradagi sud jarayonlari hozirça dastlabki bosqiçda bölişiga qaramay, keyingi bir neça yil davomida sudlar yangi qarorlar çiqaradi, tomonlar esa özaro kelişuv bitimlarini imzolaydi — bu orqali yirik texnologik kompaniyalarga ta’sir körsatiladi.
Apple foydalanuvçilariga iCloud bulutli servisidan bepul 5 gigabayt ajratadi, ortiqça joy uçun esa tölov qiliş kerak. Masalan, bir oyga 50 gigabayt uçun 1 funt, 12 terabayt uçun esa 55 funt tölaş lozim.
Kompaniya raqobatçi ma’lumotlar ombori sevislariga öz mahsulotlaridan töliq foydalaniş imkoniyatini taqdim etmaydi. Apple xavfsizlik nuqtai nazaridan buni amalga oşirmasligini ta’kidlab keladi. «2015 yildan boşlab kompaniya mijozlarni öz servislariga deyarli boğlab qöygan va ulardan pul undirib kelmoqda», — deyiladi da’voda.












