Özbekistondagi mehmonxonalardan birida vafot etgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernayaning qonida gemoglobin va karbonat angidrid birikmasi izlari topildi. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.
Sud-kimyoviy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, marhumning qoni va içki a’zolarida karboksigemoglobin (59 foiz), etil spirti (1,36 foiz) va vodorod sulfidi izlari topilgan. Xuddi şunday moddalar Papernaya hamrohining qonida va içki organlarida borligi aniqlangan.
Karboksigemoglobin — gemoglobin va uglerod oksidining birikmasi bölib, katta hajmdagi is gazi bilan nafas olganda hosil böladi.
Boş prokuratura Papernayaning ölimi böyiça tergov va sud-tibbiy ekspertiza işlari davom etayotganini ma’lum qilgan.
Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya 22 oktyabr kuni Toşkentdagi mehmonxonada ölik holda topilgan edi. Uning hamrohi rossiyalik Maksim Radçenko ham jonsiz holatda topildi. Taxminlarga köra, jurnalist is gazidan zaharlangan, deb xabar berdi marhumning onasi. Mehmonxonaning boşqa xonasida Özbekiston fuqarosi ham ölik holda topilgan edi.
Holat yuzasidan «Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan işlarni bajariş yoki xizmatlar körsatiş» moddasi böyiça jinoyat işi qözğatildi.
Şu bilan birga, rossiyaliklar basseynni tozalaşdan keyin ventilyatsiya orqali xonaga kirgan gazdan zaharlanib, halok bölgan degan versiya paydo böldi.












