AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp energetika vaziri lavozimiga Denverda joylaşgan Liberty Energy neft xizmatlari kompaniyasi asosçisi va boş direktori Kris Rayt nomzodini ilgari surdi. Bu haqda Trampning Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida 16 noyabr, şanba kuni keçqurun çop etilgan bayonotida aytiladi.
«Kris yetakçi energetika texnologi va tadbirkor. U yadro, quyoş, geotermal, neft va gaz sanoatida işlagan. Eng muhimi, Kris Amerikaning energetik mustaqilligini ta’minlagan va global miqyosda özgargan slanets inqilobini boşlaşga yordam berganlardan biri», deb yozgan Tramp öz bayonotida.
Qayd etilişiça, Rayt, agar uning nomzodi tasdiqlansa, Tramp 15 noyabr kuni tuzilişi haqida e’lon qilgan Milliy energetika kengaşiga ham qöşiladi. Uşbu kengaş raisi Şimoliy Dakota ştati gubernatori Duglas Bergam böladi, u avvalroq Tramp tomonidan içki işlar vaziri lavozimiga körsatilgan edi.
Tadbirkorning özi X ijtimoiy tarmoğida AQŞ Energetika vazirligi rahbari sifatida «Amerika energiyasini yanada qulay, işonçli va xavfsizroq qiliş»ga e’tibor qaratişini aytdi.
Tramp kiçik Kennedini SSV rahbari lavozimiga taklif qildi
AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp sobiq mustaqil nomzod kiçik Robert Kennedini soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar (HHS) vaziri lavozimiga nomzod qilib körsatdi. Tramp 14 noyabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida tegişli xabar qoldirdi.
«Uzoq vaqt davomida amerikaliklar oziq-ovqat sanoati va farmatsevtika kompaniyalari tomonidan oğir vaziyatga duçor bölib kelgan, ular jamoat salomatligi haqida gap ketganda aldaş, çalğitiş va notöğri ma’lumot berişadi», deb yozgan Tramp.
«Barça amerikaliklarning xavfsizligi va salomatligi har qanday ma’muriyatning eng muhim ustuvor yönalişidir va HHS barçani zararli kimyoviy moddalar, ifloslantiruvçi moddalar, pestitsidlar, farmatsevtika preparatlari va oziq-ovqat qöşimçalaridan himoya qilişda katta rol öynaydi», deya qöşimça qildi u.
«Kennedi bu idoralarni ilmiy tadqiqotlar oltin standarti an’analariga va surunkali kasalliklar epidemiyasini tugatiş hamda Amerikani yana buyuk va soğlom qiliş uçun şaffoflik mayoqlariga qaytaradi!» — dedi respublikaçi.












