Ispaniya hukumati aholining qarişi sababli mamlakatdagi işçi kuçi tanqisligini töldiriş uçun yiliga 300 ming nafargaça migrantni qonuniylaştiriş niyatida, dedi mamlakat ijtimoiy xavfsizlik va migratsiya vaziri Elma Sais. Bu haqda Economic Times xabar berdi.

«Ispaniyada oçiq, gullab-yaşnagan mamlakat yoki yopiq, qaşşoq mamlakat böliş tanlovi bor. Biz birinçisini tanladik», dedi u.

Uning sözlariga köra, migrantlar bilan boğliq siyosat uç yil davom etadi. Uning aniqlik kiritişiça, Ispaniya farovonlikni saqlab qoliş uçun yiliga 250-300 ming xorijiy işçiga muhtoj.

Hukumat tomonidan yangi çora-tadbirlar migrantlarga yaşaş va işlaş uçun ruxsatnomalar beriş tartib-taomillarini soddalaştirişni nazarda tutadi, bu esa çet ellik işçilarga kafolatlangan mehnat huquqini olişga yordam beradi. Bundan taşqari, iş izlayotgan migrantlarning vizasini 3 oydan 12 oygaça uzaytiriş mumkin böladi. Öqiş vizasiga ega xorijliklarga haftasiga 30 soatgaça işlaşga ruxsat beriladi.

Qariyb 50 million aholiga ega Ispaniya Yevropa Ittifoqida eng tez ösayotgan iqtisodiyotga ega. Bu tendensiyaga Lotin Amerikasi davlatlaridan malakali migrantlar oqimi ham yordam bermoqda. Qayd qilinişiça, 2022 yilda Ispaniyaga birdaniga oldingi ön yillikdagidan köproq migrant kelgan.