NASA uzoq vaqt orbitada böliş astronavtlar miyasiga qanday ta’sir körsatişini aniqladi, deb xabar beradi Frontiers in Physiology. Ma’lum qilinişiça, Xalqaro kosmik stansiya (XKS) ekipaji a’zolariga kognitiv qobiliyatlar uçun maxsus testlar işlab çiqilgan. Tajriba iştirokçilari XKSdagi olti oylik faoliyati davomida undan bir neça marta ötişi kerak bölgan.
Astronavtlar parvoz oldidan şu kabi maşqlarni bajargan — ekspeditsiya boşi va oxirida, şuningdek, Yerga qaytganidan 10 hamda 30 kun keyin. Aniqlanişiça, kosmosda ular mazkur maşqlarni sekinroq, ammo Yerdagidek muvaffaqiyatli uddalagan.
Tadqiqotçilar kosmos insonda kuçli kognitiv buzilişlarga olib kelmasligini va u miya faoliyatiga jiddiy zarar yetkazmasligini aniqladi. NASA laboratoriyasi astronavtlar diqqatining kamayişi faqat orbitadagi dastlabki muddatda sodir bölişini ma’lum qildi. Şu bilan birga, miyaning ma’lumotlarni qayta işlaş tezligi butun missiya davomida biroz sekinlaşganiça qoladi.
Xalqaro kosmik stansiya 400 kilometr balandlikda faoliyat yuritadi. Radiobiologlarga köra, u yerdagi nurlaniş darajasi Yerdagidan 220 barobarga köp — bu har kuni olti marotaba rentgenografga tuşişdek gap. Yana bir omil — vaznsizlik bölib, u umurtqani çözadi, muşaklarni böşaştiradi, organizmdan kalsiyni çiqaradi. Bundan taşqari, boşdagi bosimning özgarişi tufayli, köriş bilan boğliq jiddiy muammolarni yuzaga keltirişi mumkin.
Avvalroq kosmik kemadagi nosozlik tufayli Yerga qayta olmagan Sunita Uilyams hozir Xalqaro kosmik stansiyada ekani va u juda ozib ketgani, NASA şifokorlari esa bundan xavotirga tuşayotgani töğrisida xabar berilgandi.












