20 noyabr kuni 397-sonli prezident qarori bilan ««Vatandoş» guvohnomasi va «Vatandoş» kartasini rasmiylaştiriş, beriş hamda bekor qiliş tartibi töğrisida Nizom» tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Nizom bilan Özbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol iştirok etişga intilayotgan vatandoşlarga «Vatandoş» guvohnomasini va «Vatandoş» kartasini rasmiylaştiriş, beriş hamda bekor qiliş tartibi belgilandi.
«Vatandoş» guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlarni rağbatlantiriş şakli bölib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan, mamlakatimizning boşqa davlatlar bilan döstona munosabatlarini mustahkamlaşga munosib hissa qöşayotgan, respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oşirayotgan vatandoşlarga minnatdorçilik va taşakkur belgisi hamda «Vatandoş« kartasini oliş uçun asos hisoblanadigan hujjat.
Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va taşabbus asosida guvohnoma beriş böyiça taqdim etilgan nomzodlarni körib çiqiş uçun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.
«Vatandoş» kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandoş milliy pasportining amal qiliş sanasidan oşmagan holda) beriladigan hamda Özbekiston hududida belgilangan imtiyozlardan foydalaniş huquqini beruvçi ID karta şaklidagi hujjat;
Kartaga ega vatandoşlarga quyidagi huquqlar beriladi:
- Özbekiston hududiga vizasiz kiriş va çiqiş;
- mamlakat hududida köçmas mulk sotib olişda çet el fuqarolariga nisbatan belgilangan köçmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va Özbekistonda yaşaş guvohnomasi talab qilinmaydi;
- xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan şuğullaniş;
- Özbekiston fuqarolari uçun belgilangan şartlarda tibbiy, ta’lim va boşqa davlat xizmatlaridan foydalaniş.
Karta egalarining oila a’zolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:
- amaldagi viza muddatini uzaytirişda Özbekiston hududidan çiqiş zaruratisiz çeklanmagan miqdorda uzaytiriş imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan köp martalik viza oliş;
- Özbekiston fuqarolari uçun nazarda tutilgan şartlarda tibbiy, ta’lim va boşqa davlat xizmatlaridan foydalaniş;











