Ötgan oyda Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasd uşbu iste’fo sabablaridan biri ekani aytilmoqda.

64 yoşli Azizov DXX raisi lavozimida qariyb 5 yildan buyon işlab kelayotgan edi.

Abdusalom Azizov 2005–2006 yillarda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi boşliği, 2006–2006 yillarda “Özbekneftgaz” kompaniyasi raisi, 2006–2008 yillarda “Özneftmahsulot” raisi, 2008–2009 yillarda içki işlar vazirining birinçi örinbosari, Özbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009–2017 yillarda Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği bölgan.

U 2017 yil yanvar–sentabr oylarida içki işlar vaziri, 2017 yil sentabrdan 2019 yil fevralgaça mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Azizov 2019 yil 14 yanvar kuni general-leytenant harbiy unvonini olgan, bir oy ötib Ixtiyor Abdullayev örniga DXX raisi etib tayinlangan. Öşa yil iyulida Özbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga saylangan.