Rossiya prezidenti Vladimir Putin öz harbiylariga AQŞ prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi kuni, 20 yanvargaça Ukraina mudofaa kuçlarini Kursk oblastidan siqib çiqarişni buyurdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oziq-ovqat xavfsizligi böyiça xalqaro konferensiyada ma’lum qildi, deb yozdi «Suspilne».
«Putin uçun eng muhimi, bizni Kursk oblastidan quvib çiqariş va bularning barçasi, yangi raketalar bilan namoyişkorona hujumlar — bular bejiz emas. U şunday vazifani qöydi. Işonçim komil, u bizni kelasi yilning 20 yanvariga qadar quvib çiqarmoqçi. Unga özini vaziyatni nazorat qilayotgandek körsatiş juda muhim, aslida nazorat qilmayapti», dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining işonç bildirişiça, Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk operatsiyasi Putin Rossiya hududlarini himoya qila olmasligini körsatgan. Çunki Rossiya armiyasining barça kuçlari Ukrainaning bosib olingan hududlariga taşlangan.
«Bizda şunday ma’lumot bor - Putin «maxsus harbiy operatsiya»ning taqdiri Kursk operatsiyasiga boğliqligini qömondonlik orqali askarlariga yetkazgan», dedi Zelenskiy.












