Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Ğazodagi vaziyat

Ğazo sektorida oziq-ovqat yetişmovçiligi kuçaymoqda.

Isroilning hujumlari va qamali tufayli Ğazo aholisi oziq-ovqat, ayniqsa, un yetişmovçiligiga duç kelmoqda. Bu holat oçarçilik xavfi sabab xalqaro hamjamiyatda jiddiy taşviş uyğotmoqda.

BMT vakili Stefan Dyujarrikning ma’lum qilişiça, Ğazoda humanitar yordamga suyanib işlayotgan 19 ta nonvoyxonadan faqat 7 tasi işlamoqda.

Isroil qamali zarur mahsulotlarning yetkazilişiga monelik qilmoqda, bu esa köplab nonvoyxonalarning faoliyatini töxtatişiga olib kelgan.

BMTning UNRWA taşkiloti ma’lumotiga köra, Ğazo aholisining unga bölgan ehtiyojining faqat 6 foizi nazorat-ötkaziş punktlari orqali qoplanmoqda.

Isroilning hujumlari yana qurbonlarga sabab bölmoqda.

Ğazo sektori markazida ikki uyga nisbatan amalga oşirilgan Isroil havo hujumlari oqibatida 6 falastinlik halok böldi, köplab kişi yaralandi.

Halok bölganlar orasida ikki nafar bola ham bor. Hujumlar Burayj va Al-Mağozi qoçoqlar lagerlariga nisbatan uyuştirilgan.

2023 yilning 7 oktyabridan buyon Isroilning Ğazo sektoriga amalga oşirgan hujumlari natijasida halok bölganlar soni 44 ming 211 nafarga yetgan.

Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, 415 kundan beri Isroilning qurolli hujumlari töxtamay kelmoqda. Faqat sönggi kunning özida 35 kişi halok böldi, yana 94 kişi yaralandi.

Livandagi vaziyat

Isroilning hujumlari oqibatida Livanda majburiy köçirilgan aholi vakillari soni 1,8 milliondan oşdi.

Aniqroq aytiladigan bölsa, 2023 yil 8 oktyabrdan buyon Isroilning Livanga qarşi harbiy harakatlari natijasida 1 mln 862 ming 790 kişi öz uylarini tark etişga majbur böldi. Şulardan faqat 190 ming 102 nafari hukumat tomonidan taşkil etilgan boşpanalarga joylaştirilgan.

Hozirda mamlakat böylab 1177 ta vaqtinçalik turar joy markazlari faoliyat körsatmoqda, ulardan 976 tasi tölib bölgan. Bundan taşqari, 624 mingdan ortiq kişi Livandan Suriyaga köçib ötgan.