Dunyoning 80 dan ortiq davlatidan 300 ga yaqin ekspert iştirok etgan mazkur anjuman ekspertlar tadqiqot reaktorlaridan xavfsiz va ulardan samarali foydalaniş böyiça tajriba almaşadigan eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Anjumanda ta’kidlanganidek, bugungi kunda dunyoning 54 davlatida 227 ta yadroviy tadqiqot reaktorlaridan ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va kadrlar tayyorlaş, şuningdek, sanoat, tibbiyot va qişloq xöjaligi kabi sohalarda qöllaş uçun muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.

Konferensiyada Özbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti mutaxassislari VVR-SM reaktorining işlaşi, reaktorning muddati ötişini boşqariş, işlab çiqariş jarayonida radiatsiyaviy holatni monitoring qiliş böyiça işlab çiqilgan va qöllanayotgan dasturlar böyiça ma’ruzalar tingladilar.

Şuningdek, delegatsiya qator uçraşuvlar ötkazdi. Unda Yadro fizikasi instituti va Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlikning (AEXA) turli bölimlari örtasidagi özaro hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, dekabr oyida Toşkent şahrida tadqiqot reaktorlarining muddati ötişini boşqariş böyiça AEXAning mintaqaviy öquv kursini ötkaziş böyiça iş rejasi va dasturi kelişib olindi. Şuningdek, Yadro reaktorlarining uzoq muddatli xavfsiz işlaşi strategiyasi va asosiy elementlari haqida kompleks audit ötkazişga qaratilgan agentlik ekspert missiyasini Yadro fizikasi institutiga yuboriş böyiça ahdlaşildi.

Muzokaralar çoğida, şuningdek, Yadro fizikasi institutida AEXA hamkorlik markazini taşkil etiş imkoniyatlari ham muhokama qilindi.