Bundesverning yillik söroviga köra, Germaniyada Ukrainaga harbiy yordamni qöllab-quvvatlaş kuçaymoqda. 25 noyabr, duşanba kuni Der Spiegel'ning tadqiqotga tayanib yozişiça, sörov iştirokçilarining 49 foizi Ukraina Qurolli kuçlariga Rossiyadan himoyalanişda yordam taqdim etişni qöllab-quvvatlamoqda, bu bir yil avval qayd etilgan körsatkiçdan 4 foizga yuqori.

Populistlar tarafdorlari va GFR fuqarosi bölmaganlar - qurol yetkazib berişga qarşi

«Germaniya uçun muqobil» va «Sara Vagenknext ittifoqi» populistik partiyalari saylovçilari, şuningdek, ovoz beriş huquqiga ega bölmagan mamlakat aholisigina Ukrainaga harbiy yordam körsatişga qarşi, deb yozadi haftalik.

Şu bilan birga, Ukrainaga qurol yetkazib berişni ma’qullaş darajasi köp jihatdan respondentlar Rossiyani Germaniya xavfsizligiga tahdid deb bilişiga boğliq, deb yozadi naşr. Umuman olganda, respondentlarning 65 foizi Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzkorligi va Rossiyaning qurol-yaroği köpayişini Germaniya uçun xavf deb biladi. Der Spiegel ta’kidlaganidek, Bundesver tadqiqoti Germaniya aholisining Ukrainaga harbiy yordam körsatişni qöllab-quvvatlaşi kamayganini aks ettirgan boşqa sörovlar natijalarini rad etadi.

50 yoşgaça bölgan erkaklar 60 foizdan ortiği mamlakatni qurol bilan himoya qilişga tayyor

Şu bilan birga, qölida qurol bilan öz vatanini himoya qilişga tayyor bölgan nemis aholisining nisbati ortib bormoqda. Oxirgi sörovda respondentlarning 42 foizi bunday tayyorlikni tasdiqladi (bir yil avvalgidan 3 foizga köp). 50 yoşgaça bölgan erkaklarda bu körsatkiç 61 foizni, ayollarda 21 foizni taşkil etdi.

Şu bilan birga, respondentlarning 46 foizi Germaniyada umumiy harbiy majburiyatga qaytiş zarur deb hisoblaydi, 25 foizi majburiy harbiy xizmatni qat’iyan rad etadi. Sörovda qatnaşganlarning yarmidan köpi – 60 foizi majburiy harbiy xizmatni qaytariş mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaydi, deb hisoblaydi. Sörov iştirokçilarining 85 foizi Bundesverga işonişlarini, 57 foizi esa Germaniya mudofaa budjetini oşiriş talablarini qöllab-quvvatlagan.

Vakillik sörovi doirasida Bundesver Germaniyaning deyarli ikki ming aholisi fikrini yozib oldi. Bundesver 1996 yildan beri har yili aholi örtasida sörov ötkazadi. Uning maqsadi qurolli kuçlarning mamlakat aholisi orasida jamoatçilik tomonidan qabul qilinişini baholaşdir.