Amaldagi qonunçilikka muvofiq, dori vositalarining çegaralangan narxlari bor.
Avvalo, u yoki bu dori vositasi Özbekistonga ilk marta import qilinganida yoki işlab çiqarilganida Farmatsevtika agentligida röyxatdan ötkaziladi. Röyxatdan ötkaziş vaqtida dori vositasining belgilangan (bazaviy) narxi şakllanadi.
Qonunçilik talabiga köra, ulgurji sotuvçilar örtadagi vositaçilar sonidan qat’i nazar dori ustiga 15 foizgaça ustama qöyişi mumkin, çakana sotuvçilar esa 20 foizgaça. Ya’ni dori vositalarining maksimal qimmat narxi – boşlanğiç narxiga nisbatan 38 foizgaça deb belgilanadi, şu narxdan qimmat sotiş huquqbuzarlik hisoblanadi.
Xaridorlar dorixonadan olgan çekidagi QR-kodni keşbek oliş maqsadida “Soliq” ilovasida skanerlagan paytda dori vositasi belgilangan çegaradan yuqori sotiladigani aniqlansa, tizim bu haqda avtomatik ravişda Raqobat qömitasiga xabar yuboradi. Şunga asosan, dorixonalar ma’muriy javobgarlikka tortiladi, iste’molçiga esa ortiqça undirilgan pul qaytarib beriladi.
Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi boşqarma boşliği Elmurod Hayitmetov Kun.uz'ning bu jarayonga oid ayrim savollariga javob berdi.
– Iste’molçi dori sotib oladi va QR–kodli çekni “Soliq” ilovasida skaner qiladi. Şu orqali dori qimmat sotilgan bölsa, Paqobat qömitasiga avtomatik murojaat yöllanadi. Şundan keyingi bosqiçni tuşuntirib bersangiz, iste’molçilarga pul qanday qaytariladi?
– Çekni skaner qilganda Soliq qömitasi bazasiga ma’lumot kelib tuşadi, Soliq qömitasining bazasi narxni [avtomatik ravişda] Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi bazasidagi dori narxlari bilan (agentlik bazasida eng yuqori narxlar belgilangan) soliştiradi. Şundan keyin u ma’lumot bizning Fair Tech bazamizga tuşadi, şu asosida örganiş işlarini amalga oşiramiz. Kerak bölsa, Biznes ombudsmandan tekşirişga ruxsat olib, xöjalik yurituvçi sub’yektga çiqib tekşiriş ötkazamiz. Huquqbuzarlik öz tasdiğini topsa, tadbirkor çeklangan narxdan qimmat sotgani aniqlansa, ortiqça undirilgan pulni iste’molçiga qaytariş çoralari köriladi.
Hammasini örnatilgan tartibda komissiya körib çiqadi. Dorixonaning egasi (tadbirkor) iste’molçiga plastik kartoçkasi bölsa, unga tuşirib beradi, yoki naqd bölsa, naqd qaytaradi. Naqd şaklda qaytarsa, bizga tilxatini beradi: xarid qilgan iste’molçining pasport ma’lumotini körsatib, unga imzo qöydirib, tilxat oladi. Yoki kartoçka orqali ötkazgan bölsa, bizga undan köçirmani beradi.
Köp holatlarda plastik karta orqali tölovlar amalga oşirilyapti. Karta egasini aniqlaş qiyin emas, şu tartibda birma bir iste’molçilarga qaytarilgani nazoratini amalga oşiramiz

















